Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet443/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquqiy tartibot 
va jamoat tartiboti. 
Intizom
4-§.


440
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
muvofiq kelishida ifodalanadi. Davlat jamiyatda o‘rnatilgan huquqiy tartibot-
ning bosh kafolatidir. Shunday qilib, huquqiy tartibot – huquqiy munosabatlar 
doirasida, mazkur munosabatlarning ishtirokchilari o‘z subyektiv huquqlarini 
amalga oshirishlari va yuridik majburiyatlarini bajarishlari natijasida vujudga 
keladi.
Qonuniylikni amalga oshirish huquqiy tartibotni ta’minlash vositalaridan 
biri bo‘lsa, huquqiy tartibotni mustahkamlash esa, o‘z navbatida qonuniylikni 
mustahkamlashga yordam beradi.
Huquqiy tartibot – huquqiy normalarni qo‘llash natijasida ijtimoiy 
munosabatlarning tartibga solinganligini o‘zida ifodalaydi. Ushbu tartibot qo-
nunlarning aniq amalga oshirilishi vositasida o‘rnatiladi. Bunda fuqarolar va 
tashkilotlarning huquqiy maqomi saqlanadi va ularning huquqiy layoqati 
qarshiliksiz amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi.
Qonunlarsiz qonuniylik bo‘lmaganidek, huquqiy munosabatlarsiz huquqiy 
tartibot ham bo‘lishi mumkin emas. Shu bilan birga, huquqiy tartibot bilan 
huquqiy munosabatlarning yig‘indisini tenglashtirib bo‘lmaydi. Ma’lum guruh-
dagi ijtimoiy munosabatlarning huquq bilan tartibga solinishi huquqiy muno-
sabatlar yig‘indisini tashkil qiladi, ya’ni shu munosabat ishtirokchilari uchun 
qonunda aniq huquq va majburiyatlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
Ammo huquqiy tartibot uchun bu yetarli emas, shu bois subyektiv 
huquqlarning amalga oshirilishi, yuridik majburiyatlarning qat’iy bajarilishini 
ta’minlovchi kafolatlar bo‘lishi zarur. Huquqiy tartibot huquq bo‘lgan joyda, 
huquq normalarining amalga oshirilishi ta’minlangan joyda mavjuddir. 
Jamoat tartibi – huquqiy normalarni amalga oshirishni va jamiyat tur-
mush qoidalarini (shu jumladan, axloq, odob va boshqa huquqiy bo‘lmagan 
ijtimoiy yurish-turish qoidalarini) hurmat qilishni talab etadi. Jamoat tartibini 
buzish faqat huquqiy normalarni emas, balki turmush qoidalarini hurmat qil-
maslik natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Jamoat tartibi huquqiy tartibotga 
nisbatan keng ma’noni anglatadi.
Jamiyatda huquqiy tartibotning o‘rnatilishi va amalga oshirilishi muayyan 
rahbariy g‘oyalar, prinsiplar asosida amalga oshiriladi. Huquqiy tartibot 
prinsiplari 
qonuniylik, huquqiy tartibotning yagonaligi, iyerarxiyaga asoslan-
ganlik, adolatlilik, huquqiy tartibotning kafolatlanganligi, normativligi kabi-
lardan iborat.
Qonuniylik – davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning 
mavjud normativ-huquqiy hujjatlarga og‘ishmay amal qilishini anglatadi.
Qonuniylik – huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanishi va 
amal qilishi uchun zarur bo‘lgan prinsip, mezon, rejim bo‘lib, uning asosida 
barchaning qonun va sud oldida tengligi bo‘lib, barcha davlat va mahalliy or-



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling