Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet440/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   436   437   438   439   440   441   442   443   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

437
XXI bob.
 Qonuniylik va 
huquqiy tartibot. Intizom
mamlakatda kuchli ijtimoiy siyosatni, ya’ni aholining bandlik darajasi yuqori-
ligi, ishsizlikdan himoyalanishning kafolatlanganligi, aholi kam ta’minlangan 
qismining davlat tomonidan ijtimoiy himoyalanganligi katta ahamiyat kasb 
etadi. 
Jamoatchilik kafolati – qonunlarni amalga oshirishda faqatgina davlat-
ning tashabbusi yetarli emas. Qonunlarning ijrosini ta’minlashda davlat organ-
laridan tashqari, mansabdor shaxslar, ayniqsa, keng jamoatchilik – mahalla, 
maktab va boshqa ta’lim muassasalari, xotin-qizlar kengashi, yoshlar ijtimoiy 
harakati, nodavlat tashkilotlar, kasaba uyushmalari muhim o‘rin tutadi. 
Shuning uchun mazkur jamoat birlashmalari qonunlarning amalga oshirilishi 
hamda ular buzilishining oldini olishda faol ishtirok etishlari lozim. Fuqarolik 
jamiyati institutlari qanchalik faol va kuchli bo‘lsa, qonuniylikning jamoatchilik 
tomonidan kafolatlanishi shunchalik ta’sirchan bo‘ladi.
Yuridik kafolatlar – qonunchilik faoliyati va huquqiy tizimning mu-
kammalligi, jamiyat, davlat va fuqarolarning yuqori darajada huquqiy ong va 
madaniyatga egaligi, yuridik amaliyot va yuridik fan (ta’lim) ning rivojlangan-
ligi bilan belgilanadi. Yuridik kafolat qonuniylikni ta’minlovchi kafolatlarning 
boshqa turlaridan keskin farq qiladi hamda samaraliroqdir. Chunki, yuridik 
kafolat qonunlar amal qilishi uchun asosiy garov hisoblanadi. Bunda huquqiy 
normalarning takomillashuvi, ularning bekamu-ko‘st tatbiq etilishi, shuningdek 
huquqiy normalar buzilishining oldini olishda mansabdor shaxslarning faoliyati 
va mas’uliyati katta o‘rin egallaydi.
Jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlash va qo‘riqlashda 
huquqiy kafolat ikki usulga, ya’ni: ishontirish va majburlash usullariga 
tayanadi. 
Ishontirish usuli keng xalq ommasiga qonunlar va huquqiy normalar 
mazmunini tushuntirish orqali, ular ongiga singdirish va boshqa tarbiyaviy 
choralar ko‘rish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda qonunlarga ixtiyoriy rioya 
qilinishiga erishiladi. 
Majburlash usulida qonunlar va boshqa huquqiy norma-
lar buzilgan taqdirda, davlat organlari tomonidan majburiy choralar qo‘llash 
amalga oshiriladi. Shu tariqa qonunning bajarilishiga erishiladi. Umuman qo-
nuniylikni ta’minlash va rivojlantirishda, avvalambor majburlash emas, balki 
ishontirish usuli asosiy o‘rin tutadi. Qachonki ishontirish ko‘zlangan natijani 
bermasa, huquqbuzar shaxs amaldagi huquqiy va ijtimoiy tartibotga qarshi o‘z 
harakatini davom ettirsa, shu vaqtdagina majburlash usuli qo‘llanilishi mum-
kin. Majburlash hamma vaqt ishontirishga asoslanadi. Ishontirish usuli huquq-
da mustahkamlangan yurish-turish qoidalarini ta’minlash maqsadida jamiyat 
a’zolari ongiga davlat va jamoat tashkilotlarining faol ta’sir qilishidir. Qonuniy-
lik va huquqiy tartibotni ta’minlashda jamoatchilikka tayanish huquqiy davlat 
va fuqarolik jamiyatining ustuvor talabidir.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   436   437   438   439   440   441   442   443   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling