konstitutsiyaviy tartibotning g‘oyaviy-ma’naviy ka-
folatlari rivoj topadi. Konstitutsiyaviy tartibga solishning yuridik mexanizmi
esa, Konstitutsiya amal qilishining barcha huquqiy vositalari hamda usullari
yig‘indisini qamrab oladi. Konstitutsiya normalari qonuniylik prinsipiga qat’iy
rioya qilingan holda amalga oshiriladi
1
.
Konstitutsiyaviy qonuniylik deganda mamlakat Konstitutsiyasi va
konstitutsiyaviy qonunlariga barcha subyektlar tomonidan so‘zsiz va og‘ishmay
rioya etilishi, ularning talabi qat’iy hamda aniq bajarilishi tushuniladi. Konsti-
tutsiyaviy qonuniylik kategoriyasi doirasida, shuningdek Konstitutsiyaning
ustunligini ta’minlash ham idrok etiladi. Bu yerda gap Konstitutsiyaning butun
huquqiy tizimda, barcha qonunlar orasidagi ustuvorligi xususida bormoqda.
Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlar butun mamlakat hududida, uning
har bir qismida ustuvor amal qilishi konstitutsiyaviy qonuniylikning muhim
talabidir. Bunday qonuniylikni ta’minlashda Konstitutsiyaviy sud alohida o‘rin
tutadi.
Jamiyatda qonuniylikning ta’minlanishiga erishish, qabul qilinayot-
gan barcha normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiya va qonunlarga
muvofiq kelishi va ularga zid bo‘lmasligi hamda huquqiy normalarning
qonunlarga muvofiq qabul qilinishini taqozo etadi. Qonunlar qanchalik
takomillashsa, ularda ijtimoiy hayot talablari qanchalik to‘la aks et-
tirilsa, ular kishilar ongiga shunchalik kuchli ta’sir etadi hamda fuqa-
rolarning huquqiy normalarni o‘z ixtiyorlari bilan amalga oshirishlariga
erishish ta’minlanadi.
Shunday qilib,
qonuniylik puxta o‘ylangan, adolatli, insonparvar, de-
mokratik, sifatli qonunlar hamda qonunchilik hujjatlari tizimi va barchaning
ularga qat’iy rioya etishi, huquqiy talablarning og‘ishmay bajarilishidir.
1
Qаrаng: Оdilqоriyev Х.T. Kоnstitutsiya vа bаrkаmоl jаmiyat оrzusi. – T., 2012. – 283-bеt.
28–18-8
Do'stlaringiz bilan baham: |