433
XXI bob.
Qonuniylik va
huquqiy tartibot. Intizom
Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning or-
ganlari,
mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari,
fuqarolar Konstitutsiya va
qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar.
Konstitutsiyaviy qonunchilik normalarining amalga oshirilishi iqti-
sodiy, siyosiy, g‘oyaviy va yuridik
kafolatlar tizimi bilan ta’minlanadi. Bo-
zor iqtisodiyotiga asoslangan ishlab chiqarish rivoj topgani hamda xususiy
mulkchilik munosabatlari qaror topgani sayin konstitutsiyaviy
normalar amal
qilishining iqtisodiy zaminlari, kafolatlari mustahkamlana boradi. Shuningdek,
mamlakatimizning siyosiy tizimi demokratik tarzda takomillashib borgani
sayin konstitutsiyaviy tartibga solishning siyosiy kafolatlari kuchayib boradi.
Jamiyatning g‘oyaviy asoslari va ma’rifiy-ma’naviy kamolati ta’minlanib, tobora
yuksalib borgani sayin
Do'stlaringiz bilan baham: