Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
429
XXI bob. Qonuniylik va huquqiy tartibot. Intizom tiv huquq davlat qonunlaridan ustun turadi. Shu bois Yevropaning ko‘pchilik davlatlari konstitutsiyalarida huquqning ustunligi prinsipi mustahkamlan- gan. Huquq ustunligi – bu ijtimoiy munosabatlarni insonning tabiiy huquqlari nuqtayi nazaridan, haqiqat va adolat mezonlari asosida tartibga solinishining yuksak darajasidir. Mamlakatimiz huquqshunosligi oldida turgan muhim ma- salalardan biri «huquq ustunligi» va «qonun ustunligi» prinsiplarining nisba- tini metodologiya jihatidan chuqur ilmiy-nazariy isbotlashdan iborat. Bunday ilmiy-ijodiy izlanish, shubhasiz, huquqiy tafakkurimizni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘taradi. Milliy huquqshunosligimizda huquq ustunligi prinsipining tushunchasi, mohiyati va ahamiyatini izohlashga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar paydo bo‘layotganligi yuqorida biz asoslayotgan tendensiyaning isbotidir 1 . Demokratik jamiyat barpo etayotgan huquqiy davlat qurish yo‘lidan bo- rayotgan va shu maqsadda tub islohotlarni amalga oshirayotgan mamlakatimiz uchun bugungi sharoitda (o‘tish davrida) qonun ustuvorligiga erishish vaziyat- ning ayni taqozosidir. Huquq ustuvorligi (ustunligi) prinsipi biz kelgusida erishishga intilayotgan ideal tamoyil sifatida o‘z dolzarbligini saqlab qoladi. Istiqbolda, albatta, ijtimoiy hayotimizda huquq ustuvorligi tamoyili rahbariy mavqega ega bo‘ladi. Ta’kidlash muhimki, qonunning ustunligini ta’minlash nihoyatda de- mokratik mazmundagi ishdir. Qonunga og‘ishmay itoat etilgan jamiyatdagina demokratiya qaror topadi va mustahkam bo‘ladi. Qonunning oliyligi xususida gap borganda, avvalo, davlatning shoh qonuni hisoblangan Konstitutsiyaning oliyligini, ustuvorligini ta’minlash muhimligini e’tirof etish lozim. Konstitutsiya mamlakat huquqiy tizimining poydevoridir. U – xalqimizning davlat donishmandligi va siyosiy-huquqiy tajribasi samarasi tarzida yaratilgan. Konstitutsiya normalari ibtido – asos sifatida ta’sis etuvchi xarakterga ega bo‘lib, ular bevosita amal qiladi. Birorta ham qonun yoki boshqa norma- tiv-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas. Konstitutsiyaning qoidalari joriy qonunlar yoki boshqa huquqiy hujjatlar vositasida muayyanlashtirilmaganligi tufayli ularni bajarmaslik va ularga rioya etmaslikka yo‘l qo‘yilmaydi. Konstitutsiya va qonunlar har bir fuqaro uchun, har bir huquq sohibi uchun eng oliy qadriyat, mo‘tabar va muqaddas bo‘lmog‘i lozim. Biroq buning uchun Konstitutsiya va qonunlarning o‘zi nihoyatda adolatli, insonparvar, demokratik va oqilona bo‘lishi, jamiyatning yetilgan ehtiyojlariga hamda davr talablariga mos kelishi lozim. 1 Islоmоv Z.M. Kоnstitutsiya – huquq ustunligining аsоsi. – T., 2012. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling