Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet434/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   430   431   432   433   434   435   436   437   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

432
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
yaratuvchilik va uni hayotga tatbiq etish faoliyatini ham qamrab oladi. Qonun 
normalarining yuqori saviyada ijod etish ishini tashkil etmay, qonunlarni jami-
yat taraqqiyoti darajasiga moslashtirib borishga yo‘naltirilgan faoliyatni yo‘lga 
qo‘ymay turib ijobiy natijaga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun hayot talablariga 
javob beradigan yangi qonunlar qabul qilish, yangi shart-sharoit va talablarga 
javob berolmaydigan eski qonunlarni bekor qilish zaruriyati tug‘iladi. Qonun 
ijodkorligini takomillashtirish qonuniylikni mustahkamlashdagi eng muhim 
shartdir.
Qonuniylik huquqning mavjudligi, jamiyatda chinakam adolatli va de-
mokratik muhit va huquqiy tartibning o‘rnatilganligidan dalolat beradi. De-
mokratik davlatda qonuniylik barchaning qonun oldida tengligini anglatadi. 
Barcha teng majburiyat oladi va qonuniylik buzilganda teng javobgarlikka 
tortiladi. Jamiyatda qonuniylikning buzilishi quyidagicha namoyon bo‘lishi 
mumkin: 
– davlat hokimiyati organlari konstitutsiya va qonunlarga to‘la rioya 
qilmaganda;
– davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunlar, qonun osti huj-
jatlari hamda inson huquq va erkinliklariga rioya etmaganida
– davlat organlarining konstitutsiya va qonunlarga zid normativ-huquqiy 
hujjatlar qabul qilib, ular asosida faoliyat yuritganida; 
– vakolatli davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning amal-
dagi huquq normalarini noto‘g‘ri qo‘llaganida va hokazo.
Qonuniylikning oliy ko‘rinishi 
konstitutsiyaviy qonuniylikdir. Maz-
kur hodisa (rejim) konstitutsiyaviy qonunchilikka qat’iy va og‘ishmay amal 
qilinishining natijasidir. Mamlakatda vujudga keltirilgan konstitutsiyaviy qo-
nunchilik tizimi konstitutsiyaviy qonuniylikning yuridik asosini tashkil etadi. 
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning normativlik darajasi hamda siyo-
siy-yuridik ahamiyati 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   430   431   432   433   434   435   436   437   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling