Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
431
XXI bob. Qonuniylik va huquqiy tartibot. Intizom lanishi prinsipi; ijtimoiy adolat prinsipi; qonun va sud oldida barchaning tengligi prinsipi; aybsizlik prezumpsiyasi; fuqarolarning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish prinsipi va boshqalar 1 . Shuningdek mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlashning yuridik, ijti- moiy, g‘oyaviy va ruhiy mexanizmini atroflicha tahlil etish lozim. Yuqoridagi tahlillar asosida shuni ta’kidlash mumkinki, qonuniylik – davlatning qonunlarida, qonun ijodkorligi hamda qonunosti huquq ijodkorligida huquqni aniq ifodalanishi g‘oyasi, talabi va tizimi (rejimi)ni anglatadi 2 . Qo- nunlarda va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda adolatni, huquqni ifodalash va uni huquqni qo‘llash jarayoniga singdirish, bunda inson huquq va manfaat- larini ta’minlash qonuniylikning mazmunini tashkil etadi. Z.M. Islomovning fikricha, «qonuniylik – ijtimoiy hayotda huquq va qonun hukmronligidan, ij- timoiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari tomonidan huquqiy normalar ko‘rsatmalarini og‘ishmay amalga oshirish, jamiyatda tartib va uyushqoqlikni ta’minlashdan iborat ijtimoiy-siyosiy rejimdir» 3 . Qonuniylik – murakkab, serqirra hodisa bo‘lib, u turli-tuman shakllarda namoyon bo‘ladi. Uning tabiatini quyidagi talablar yig‘indisi ifodalaydi: a) qo- nunlarning ular yo‘naltirilgan subyektlar tomonidan aniq va bekamu-ko‘st ba- jarilishi; b) qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning iyerarxiyasiga rioya etilishi; d) qonuniylik o‘zida qonunning qat’iyligini, ya’ni qonunni qabul qilgan organdan tashqari, uni hech kim bekor qila olmasligi talabini mujassam etadi 4 . Jamiyatda qonuniylik turli shakllarda namoyon bo‘ladi: avvalo, Konstitutsiya va qonunlarni o‘tmish va hozirgi davrning ilg‘or g‘oyalari bilan sug‘orilganligi, inson huquq va erkinliklari ustuvorligining ta’minlanganligi, qonunlarning adolatli- ligi va xalq manfaatiga xizmat qilishga asoslanganligida; ikkinchidan, qonun- ning ustuvorligi, ya’ni qonunlarning konstitutsiyaga, qonun osti normativ huj- jatlarning qonunlarga mos kelishida; uchinchidan, davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning konstitutsiya, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga og‘ishmay, so‘zsiz rioya qilishida. Adabiyotlarda qonuniylikni tor va keng ma’noda tushunish mavjud. Tor ma’noda qonuniylik – barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, man- sabdor va yuridik shaxslar hamda fuqarolar tomonidan amaldagi qonunlarga aniq va og‘ishmay rioya qilish. Keng ma’noda qonuniylik davlatning qonun 1 Оdilqоriyev Х.T. Kоnstitutsiya vа bаrkаmоl jаmiyat оrzusi. – T., 2012. – 340–342-bеtlаr. 2 Qаrаng: Общая теория государства и права. Академический курс. Том 2. – М., 2000. – 507-bet. 3 Islоmоv Z.M. Dаvlаt vа huquq nаzаriyasi. – T., 2007. – 855-bеt. 4 Qаrаng: Проблемы общей теории права и государства. Учебник для вузов / Под общ. ред. проф. В.С. Нерсесянца. – М., 2008. – 465-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling