Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet429/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   425   426   427   428   429   430   431   432   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

426
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Ijobiy xatti-harakatlarni sodir etishga sabab bo‘luvchi faol xulq-atvorni 
rag‘batlantiruvchi 
undovchi motivlarni shakllantirish huquqiy tartibga 
solishning bosh maqsadidir. Undovchi motivlarni shakllantirish ikki yo‘l bilan 
amalga oshiriladi:
birinchisi – faol xatti-harakat sodir etish majburiyatini yuklash;
ikkinchisi – ijobiy xatti-harakatni sodir etish huquqini berish (ijozat 
berish).
Shunday qilib, huquqiy tartibga solishning yuridik, ijtimoiy, ruhiy 
mexanizmlari jamuljam inobatga olingan taqdirdagina ko‘zlangan samaraga 
erishish mumkin.


427
XXI bob.
 Qonuniylik va 
huquqiy tartibot. Intizom
Adolatli, demokratik jamiyat va huquqiy 
davlat barpo etish jarayonida qonun ustuvor-
ligi va qonuniylik muhitini yaratish dolzarb 
ahamiyat kasb etadi. Zero, mustahkam qo-
nuniylik, qat’iy huquqiy tartibot huquqiy dav-
latchilikning mohiyatini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya-
sining 14-moddasida mustahkamlangan qoidaga muvofiq «Davlat o‘z faoliyatini 
inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari 
amalga oshiradi».
Mazkur konstitutsiyaviy norma nihoyatda insonparvar va ezgulik bilan 
yo‘g‘rilgan qoidadir. Unda adolat bilan qonuniylik g‘oyalari yonma-yon, uyg‘un 
holda e’tirof etiladi. Darhaqiqat, jamiyatda ustuvorlik qiladigan qonuniylik ta-
labi adolat mezonlari doirasida bo‘lmog‘i lozim. Shu ma’noda mamlakat Pre-
zidenti Sh. Mirziyoevning quyidagi fikrlari iboratlidir: «Xalqimiz azaldan yuk-
sak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini 
hayotimizda yanada keng qaror toptirishni biz birinchi darajali vazifamiz, deb 
hisoblaymiz»
1
.
Qonuniylik talabi Konstitutsiyamizda o‘zining quyidagi talqinini topgan: 
«Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar 
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar (15-modda)». «Qonuniylik 
prinsipi»ni barcha tomonidan mavjud qonunlarga og‘ishmay amal qilinishi va 
ularni qat’iy bajarilishi, deb talqin etish sobiq Ittifoq davrida ham mavjud 
edi. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng biz demokratik, insonparvar, adolatli 
jamiyat barpo etish sari yo‘l tutganimiz bois «qonuniylik prinsipi»ga yangicha 
«insoniy qiyofa» baxsh etish, uni inson manfaatlari nuqtayi nazaridan tushunish va 
talqin qilish tendensiyasi namoyon bo‘la boshladi. Avvalgi davrda «qonuniylik» 
faqat qonun normalariga qat’iy rioya etish, ularga bo‘ysunish sifatida tushuni-
lar edi. Endilikda qaror topayotgan yangi tendensiya, yangicha yondashuvga 
muvofiq, avvalo, rioya etilishi talab qilinadigan qonunlarning mazmuni adolat 

Mirziyoyеv Sh. Erkin vа fаrоvоn, dеmоkrаtik O‘zbеkistоn dаvlаtini birgаlikdа bаrpо etаmiz. – T.: 
«O‘zbekiston», 2017. – 10-bеt.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   425   426   427   428   429   430   431   432   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling