423
XX bob.
Huquqiy tartibga
solish mеxanizmi
Konstitutsiyaviy-huquqiy tarzda tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabat-
larni bir necha yirik majmualarga ajratish mumkin:
– jamiyatning iqtisodiy tizimi, xususiy va boshqa shakldagi mulkchilik
hamda tadbirkorlik asoslarini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar;
– mamlakat siyosiy tizimi va davlat tuzumi asoslarini tashkil etuvchi
ijtimoiy munosabatlar;
– shaxsning huquqiy maqomi asoslarini belgilovchi inson huquqlari va
erkinliklarini ta’minlash tizimiga oid ijtimoiy munosabatlar;
– mamlakatimizning davlat tuzilishi shakli, ma’muriy-hududiy tuzilishi,
shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi asoslarini
belgilashga oid ijtimoiy munosabatlar;
– saylov tizimi, Parlament, Prezident, Hukumat, sud hokimiyati, ma-
halliy davlat vakillik va ijroiya idoralarining huquqiy maqomi, vakolatlarini
amalga oshirish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar va hokazo.
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish mexanizmini (avvalgi
paragrafda ta’kidlanganidek) uch element: konstitutsiyaviy normalar; konsti-
tutsiyaviy-huquqiy munosabatlar; konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlarni
amalga oshirish hujjatlari tashkil etadi. Ushbu mexanizmning normativ aso-
sini tashkil etuvchi yuridik normalar o‘zining eng oliy siyosiy-yuridik kuchi,
yuksak barqarorligi va jamiyat hamda davlat tomonidan qat’iy ta’minlanishi
bilan ajralib turadi.
Konstitutsiyaviy normalar asosida tarkib topgan huquqiy munosabatlar
umumiy mazmun kasb etadi va tarmoq huquqiy munosabatlari (ya’ni, konkret
munosabatlar) uchun asos vazifasini o‘taydi. Ular o‘zining doimiy barqarorligi,
uzoq muddatga mo‘ljallanganligi va subyektlarning yuqori umumiy huquqiy ho-
latini ifodalashi bilan tavsiflanadi. Bunday munosabatlarning subyektlari: davlat,
xalq, millatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, davlat idoralari, jamoat birlashma-
lari, siyosiy partiyalar va fuqarolar hisoblanadi. Konstitutsiyaviy qonunchilik nor-
malarini amalga oshirish har qanday huquqiy normalarni amalga oshirish singari
Do'stlaringiz bilan baham: |