Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet422/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   418   419   420   421   422   423   424   425   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Konstitutsiyaviy-
huquqiy tartibga 
solish
3-§.


420
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
sifatida jamiyat va davlat hayotining bosh mezoni, ijtimoiy munosabatlarni 
barqarorlashtiruvchi, ravon tartibga soluvchi ta’sirchan vositadir. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlab o‘tganidek, «...biz mamlakatimiz-
da huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etish, inson manfaati, huquq va 
erkinliklarini eng oliy va ustivor qadriyat sifatida qaror toptirish borasida 
o‘tgan davr mobaynida qonunchilik sohasida va amaliy siyosatimizda qan-
day natija va yutuqlarni qo‘lga kiritgan bo‘lsak, ularning barchasi Konstitutsi-
yamizda muhrlab qo‘yilgan talab va tamoyillar bilan uzviy bog‘liqdir»
1
.
Huquqiy tartibga solish mexanizmida Konstitutsiyaning ustuvorligini 
ta’minlash nihoyatda muhim ahamiyatga molik masaladir. Konstitutsiya – 
mamlakat huquqiy tizimining o‘zagi, uning mustahkam poydevori. Konsti-
tutsiya normalari birlamchi, ta’sis etuvchi xarakterga ega bo‘lib, ular 
bevosita amal qiladi. Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat 
Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas (16-modda, 
2-qism).
Konstitutsiya Asosiy qonun sifatida mamlakat normativ-huquqiy huj-
jatlar tizimida ustuvorlik qiladi, «hukmron» mavqeni egallaydi. Uning nor-
malari boshqa qonunlarning qoidalaridan ham yuqoriroq yuridik kuchga 
ega. Qolgan barcha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar 
Konstitutsiya asosida, unga muvofiq tarzda va uning ijrosi uchun chiqa-
riladi. Basharti, qonunlar Konstitutsiyaga zid kelib qolsa, yoki unda belgi-
langan tartiblarni buzib ishlab chiqilgan va qabul qilingan bo‘lsa, ular o‘z 
kuchini yo‘qotishi shart.
Konstitutsiya butun huquqiy tizimning uyushtiruvchi, hamjihatlashtiruvchi 
markazi, «tizim» hosil qiluvchi o‘zagi bo‘lib, barcha huquq tarmoqlari va qo-
nunchilik sohalarini shakllantiruvchi hamda rivojlantiruvchi yuridik asosdir. 
Qonunchilikning hamma sohalari bevosita Konstitutsiya qoidalari va prin-
siplariga tayanadi. Binobarin, Konstitutsiya qonunchilik tarmoqlari vujudga 
kelishi va amal qilishi uchun sarchashma – manba bo‘lib hisoblanadi. Diqqatga 
sazovor jihati shundaki, konstitutsiyaviy normalar siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy-ma’naviy hayotning eng muhim tomonlarini huquqiy tartibga soladi. 
Ana shu ma’noda 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   418   419   420   421   422   423   424   425   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling