Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Huquqiy tartibga solish mexanizmi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet419/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquqiy tartibga solish mexanizmi – ijtimoiy munosabatlarga jami-
yat va davlat oldida turgan maqsad hamda vazifalarga mos ravishda samarali 
huquqiy ta’sir etishni ta’minlovchi yuridik vositalarning bir butun tizimidir. 
Huquqiy tartibga solish jarayonidagi barcha huquqiy vositalarning «mexanizm» 
iborasi bilan izohlanishi bejiz emas. «Mexanizm» – bir qancha mustaqil hodisalar
27–18-8


418
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
qismlarning o‘zaro aloqadorlik asosida, bir butun agregat sifatida hara-
kat qilishidir. Bunda har bir element uyg‘un va barqaror birlashib, biri ik-
kinchisini harakatlantiradi. Mexanizmga aniq, qat’iy va bir maromda ishlash 
xosdir. «Mexanizm» unsurlarning oddiy yig‘indisi sifatida mavjud bo‘lmaydi. 
U tarkibiy qismlarning o‘zaro aloqadorlik asosidagi jipsligi bilan, biri ikkinchi-
sining mavjudligini taqozo etishi bilan, aynan mana shu o‘zaro munosabat-
lar negizida harakatlanishi, rivojlanishi va takomillashishi bilan tavsiflanadi. 
Huquqiy tartibga solish jarayonida namoyon bo‘luvchi qismlar yagona bir bu-
tun mexanizmni tashkil etadi.
«Huquqiy tartibga solish mexanizmi» tushunchasi «huquqiy ustqurma» 
(yoki ustqurmaning huquqiy qismi) tushunchasiga yaqin turadi. Har ikki 
tushuncha tarkibiga huquq normalari, huquqiy munosabatlar, huquqiy-me’yoriy 
hujjatlar, huquqiy ong, huquqiy madaniyat va boshqa huquqiy voqeliklar kiradi. 
Biroq, bu unsurlar yagona mexanizmning tarkibiy qismlari sifatida tahlil qilin-
ganda e’tiborni huquqiy ustqurmaning dinamik tomonga, huquqiy ta’sir etish 
jarayonidagi yuridik vositalarning bir butun tizimdagi o‘zaro harakatiga qaratish 
lozim.
«Huquqiy tartibga solish mexanizmi» tushunchasi yordamida har bir 
huquqiy institut(voqelik)ning huquqiy tartibga solish tizimidagi o‘rni va rolini 
aniqlab olish mumkin. Shuningdek, ta’kidlash joizki, mexanizm tarkibiga 
kiruvchi huquqiy institut butunning tarkibiy qismi sifatida yangi xususiyat-
larga ega bo‘ladi.
Huquqiy tartibga solish mexanizmining dastlabki elementini – 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling