Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
huquqiy
normalar tashkil etadi. Huquqiy normalarda davlat-hokimiyat irodasi bayon etiladi, ushbu norma orqali o‘rnatilayotgan huquqiy talab tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabat ishtirokchilariga yetkaziladi. Huquqiy normada huquqiy munosabat subyektlarining huquq va burchlari, vakolatlari doirasi, shuningdek, ularni amalga oshirish vositalari ko‘rsatiladi. Huquqiy normaning maxsus funksiyasi shundaki, u normativ tarzda huquqiy munosabat chegaralarini o‘rnatadi. Unda xulq-atvor va yurish- turishning andozasi (modeli) belgilanadi. Aynan ana shu yurish-turish qoidalari huquqiy tartibga solish asosi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida fuqarolarning mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqi mustahkamlangan. Bu – umumiy konstitutsiyaviy – huquqiy qoida. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 57, 72-moddalari- da ishga joylashish va qabul qilish bilan bog‘liq mehnat-huquqiy munosabatlar nazarda tutilgan. Ishga qabul qilish yozma tarzda tuziladigan mehnat shart- nomasi orqali amalga oshiriladi. Bu yerda yuqoridagi konstitutsiyaviy qoida aniqlashtirilayotganini ko‘ramiz. Biroq, u hali hayotga tatbiq etilayotgani yo‘q. 419 XX bob. Huquqiy tartibga solish mеxanizmi Mehnat kodeksining yuqoridagi moddalari ishga joylashish va qabul qilish bilan bog‘liq mehnat-huquqiy munosabatlarni tartibga solishni nazarda tutadi. Mazkur normaning mavjudligi hali yuqoridagi mehnat-huquqiy munosabatlar hal etilganligini anglatmaydi, albatta. Bu masalaning huquqiy yechimiga erishish uchun muayyan fuqaroni ishga qabul qilish to‘g‘risida ish beruvchining (korxona ma’muriyatining) aniq individual hujjati (buyrug‘i, farmoyishi) chiqa- rilishi lozim (MK ning 82-moddasi). Ushbu misolimizda MK 57 va 72-mod- dalaridagi huquqiy normalar tegishli mehnat-huquqiy munosabatlarini tartibga solish uchun asos vazifasini o‘taydi. Huquqiy tartibga solish mexanizmining ikkinchi elementi – Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling