Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
415
XX bob. Huquqiy tartibga solish mеxanizmi Ikkinchi guruh olimlar fikricha, huquqiy tartibga solish huquqiy muno- sabatlar doirasidan tashqariga chiqadi, ancha kengroq ko‘lamda harakatlanadi. Bunday yondashuv so‘nggi yillarda yuridik ilmiy jamoatchilik tomonidan ustu- vor nuqtayi nazar sifatida tan olinmoqda. Masalan, akademik Sh.Z. O‘razayev, professorlar Z.M. Islomov, M.M. Fayziyev, U. Tojixonov, S.N. Bratus, A.V. Mitskevich va boshqalar subyektiv huquq huquqiy munosabatdan tashqa- rida ham mavjudligini ishonarli tarzda isbot qiladilar. Mazkur xulosa ilmiy jihatdan nihoyatda muhimdir. Birinchidan, bu xu- losa barcha subyektiv huquqlarning (ayniqsa, konstitutsiyaviy huquqlarning) nafaqat huquqiy munosabat orqali, balki undan tashqari ham amalga oshishi va ulardan foydalanish mumkinligini himoya qiladi. Ikkinchidan, u huquq-tartibot huquqiy munosabatlar tizimidangina iborat emasligini, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy maqomini ham qamrab olishini ko‘rsatadi. Uchinchi- dan, masalaga bunday yondashish obyektiv va subyektiv huquqlarni amalga oshirishning hamma shakliga e’tiborni qaratadi, huquqiy tartibga solish mexanizmini to‘la izohlaydi 1 . Shunday qilib, huquqiy tartibga solish ikki shaklda amalga oshadi: – huquqiy munosabat orqali; – huquqiy munosabatdan tashqarida. Huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning maxsus turi hamda huquqiy tartibga solishning alohida shaklidir. Huquqiy tartibga solishning ushbu ikki shakli uchun umumiy jihat shun- daki, ular faoliyatining asosiy predmeti – hamisha subyektiv huquq bo‘lishidir. Huquqiy tartibga solish faqat kishilarning harakatlariga (faoliyatiga), munosa- batlariga qaratiladi. Huquqiy tartibga solish natijasida hamisha real munosa- batlar muayyan tarzda me’yorlanadi, «qolip»ga solinadi, barqarorlik kasb etadi. Muhimi, bu munosabatlar davlat tomonidan muhofazalanadi. Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish aniq usullar yordamida amalga oshiriladi. Huquqiy tartibga solish usuli Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling