Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
411
XX bob. Huquqiy tartibga solish mеxanizmi Hozirgi zamonda davlat va huquq nazariyasi ikki asosiy yo‘nalishda rivojlan- moqda: birinchi – qonunchilikni takomil- lashtirish, yuridik normalarni jamiyat erishgan yangi darajaga muvofiq holga keltirish; ikkinchisi – amal qilib turgan huquq normalarining samarali hara- katlanishini ta’minlashdan iborat. Keyingi ta’kidlangan vazifa huquqiy tartibga solish mexanizmini mufassal o‘rganishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasining davlat boshlig‘i Sh. Mirziyoev «Qonun us- tuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovon- ligining garovi» nomli ma’ruzasida shunday dedi: «Hozirgi kunda qonunlarning islohotlar samarasiga ta’siri yetarlicha sezilmayapti. Ularning ijtimoiy muno- sabatlarni bevosita tartibga solishdagi roli pastligicha qolmoqda» 1 . Yana bir ma’ruzada, – «Qonun talablarini bajarmaslik bilan bog‘liq har bir holat yuza- sidan aniq huquqiy ta’sir choralarini ko‘rish kerak», – dedi 2 . Ushbu rahbariy ko‘rsatma mamlakat miqyosida qonunlar samarasini oshirish, ularning ijro- sini ta’minlashning ta’sirchan choralarini ko‘rish, ayniqsa, barcha sohalarda huquqiy tartibga solish mexanizmlarini jiddiy takomillashtirish masalasini kun tartibiga qo‘ymoqda. Davlatchilikni demokratik isloh qilish va modernizatsiyalash sharoitida namoyon bo‘layotgan yangi tendensiyalarni inobatga olgan holda jamiyat huquqiy ustqurmasini muttasil takomillashtirib borish lozim. Ma’lumki, kishilik jamiyati o‘zining muayyan darajada batartibligi va uyushganligi bilan tavsiflana- di. Jamiyat o‘z rivojlanishi mobaynida kishilar xulq-atvorini tartibga soluvchi, me’yorlovchi usul va vositalar tizimini shakllantiradi. Ijtimoiy tartibga soluvchi vositalar orasida, avvalo, ijtimoiy normalar muhim o‘rin tutadi. Ijtimoiy nor- malar – axloq normalari, odat normalari, huquq normalari, an’analar, jamoat birlashmalarining normalari, diniy normalar kabi turlarga ajraladi. Ular turli ijtimoiy-siyosiy guruhlar hamda qatlamlar tomonidan vujudga keltiriladi. Xu- 1 Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq fаrоvоnligining gаrоvi. – T.: «O‘zbekiston», 2017. – 8-bеt. 2 Qаrаng: Mirziyoyеv Sh. Erkin vа fаrоvоn, dеmоkrаtik O‘zbеkistоn dаvlаtini birgаlikdа bаrpо etаmiz. – T.: «O‘zbekiston», 2017. – 25-bеt. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling