Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
407
XIX bob. Hozirgi dunyo huquqiy tizimlari va sunnaning mohiyatini o‘zgartirmagan holda, Qur’onning talqini (tavsir)ni berib, huquq sohasida paydo bo‘ladigan bahslar natijasida kelishilgan fikrlar (ijmo)ni bera boshladilar. Tavsir va ijmo ham musulmon huquqi manbalariga taalluqlidir. Musulmon huquqshunoslarining fikricha, ijmo musulmon huquqiga moslashtiriladigan mavzulardan bahs etadi, u yangidan paydo bo‘ladigan ijti- moiy munosabatlarni tartibga solish imkonini beradi. Musulmon huquqining to‘rtinchi manbayi bo‘lgan qiyosga yoki taqqoslash bo‘yicha xulosa chiqarishga yanada katta ahamiyat beriladi. Bu usul ma’lum me’yorni, agar taqqoslashning maqsadi va asosi mazkur me’yor maqsadi va asosiga mos bo‘lib tushsa, o‘zi bevosita nazarda tutgan hodisaga nisbatan qo‘llash imkonini beradi. IX-X asrlarda mazhablar musulmon huquqi nazariy yo‘nalishlari asosini tuzgan eng nufuzli huquqshunos olimlarning asarlari mu- sulmon huquqining asosiy manbayi bo‘lib qoldi. Qur’on bugungi kunda mu- sulmon huquqining g‘oyaviy, diniy asosi, uning mafkuraviy manbayi sifatida e’tirof etiladi. R. Sharllning ta’kidlashicha, musulmon huquqi tarixan bevosita Qur’ondan boshlanmaydi. U ko‘pincha muqaddas kitobdan alohida shakllangan amaliyot asosida rivojlangan. I. Shaxdning fikricha esa, «musulmon huquqi» fiqh huquqining ajoyib namunasidir. Bu huquq xususiy mutaxassislar tomoni- dan yaratilgan va rivojlantirilgan edi. Musulmon huquqi me’yorlarining katta- gina qismi – uning nazariy ishlanishi yakunidir. Buning ustiga, agar ta’limot avval boshida muayyan hodisalar bo‘yicha yechimlar bergan bo‘lsa, keyinchalik u har qanday muayyan huquqiy normani qo‘llashda boshlang‘ich nuqta sifatida tan olinadigan umumiy, mavhum qoidalarni shakllantira boshladi. Qur’on, musulmon huquqshunos ilohiyotchilar ijodi bo‘lgan sunna, ijmo, qiyos – musulmon huquqining shubhasiz, asosiy manbalaridir. Ayrim tadqiqotchi- lar bu huquq manbalariga musulmon huquqshunoslari ishlab chiqqan shariat (hidoya), urf-odat, yurisprudensiya (amal), qonun normalarini qo‘llash bo‘yicha qo‘llanmani ham kiritadilar. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling