Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet405/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   401   402   403   404   405   406   407   408   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

404
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shu narsaga amin bo‘lish mum-
kinki, sud qarorlariga har doim ham huquq shakli sifatida qarash kerak emas. 
Haqiqatdan ham, qabul qilingan qarorga ko‘ra sud o‘zining xizmat vazifasini 
buzmagan holda xuddi shunday ikkinchi ish bo‘yicha boshqacha qaror qabul 
qilishi yoki o‘sha birinchi qabul qilingan qarorga qarama-qarshi qaror qabul qili-
shi ham mumkin. Demak, presedentdan voz kechiladigan bo‘lsa, unda huquq 
normasiga xos bo‘lgan majburiylik yo‘q, deb hisoblash lozim va yana bir holatga 
e’tibor qaratish mumkin, agar presedentning mohiyati oldin bo‘lib o‘tgan holatga 
asoslanadigan bo‘lsa, unda sud presedenti odat huquqiga o‘xshab ketadi, masa-
lan, inqilobgacha knyaz Trubesskoy shunday yozgan edi: 
«Odat o‘z mohiyati-
ga ko‘ra presedentga o‘xshab ketadi», ya’ni, odat bu ko‘p marta qaytariladigan 
presedentdir, yoki boshqacha aytganda, presedent ko‘p marta takrorlanadigan 
odatdir. Masalan, Odat huquqiga ko‘ra odam o‘ldirgan shaxs xun to‘lagan, 
bundan keyin xuddi shunday holatni takrorlagan shaxsga nisbatan ham shu 
jazo qo‘llanilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, sud amaliyoti, ya’ni sud presedenti 
huquq shakli bo‘lib hisoblanadigan mamlakat – Angliyadir, shuning uchun 
ham huquq presedenti ko‘p hollarda 
ingliz odat huquqi deb ham ataladi.
Hozirda huquqiy presedentga Angliya va uning sobiq mustamlakalari
Shimoliy Irlandiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyadan iborat Britaniya 
hamdo‘stligi a’zolari amal qiladi. Shu bilan birga presedentga alohida guruh – 
AQSh davlati ham mansubdir, faqatgina Luiziana va Kaliforniya shtatlari bun-
dan mustasno. XX asrda ingliz huquqi manbalari qatorida berilgan vakolat aso-
sidagi qonunchilikning (delegirovannoye zakonodatelstvo) ahamiyati va hissasi 
keskin ortdi. Bunda parlament bir qator ustuvor sohalarda (masalan, ta’lim, 
sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot va sug‘urta sohasida) hukumatga qonunchilik 
hujjati qabul qilish vakolatini beradi. Ba’zan shunday vakolat vazirliklarga ham 
beriladi. Statut huquqi bilan berilgan vakolat asosidagi qonunchilikning rivoj 
topishi mamlakatning ichki ehtiyojlari sababli emas, balki xalqaro iqtisodiy va 
boshqa toifadagi hamkorlik sababli yuz beradi. Bu borada Buyuk Britaniya- 
ning Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan, shuningdek Yevropa iqtisodiy hamjami-
yati bilan aloqalarining rivojlanishi alohida ahamiyat kasb etadi
1
.
Ingliz huquqi bilan AQSh huquqi bir huquqiy oilaga kirsa-da, ular o‘rtasida 
muayyan farqlar bor. Ingliz huquqida statutlarning roli yuqori bo‘lsa, AQShda 
qonunchilik hujjatlariga katta e’tibor qaratiladi; amerika huquqida kodifikatsi-
yaga moyillik ustuvor; AQSh huquqiy tizimida ingliz huquqiga nisbatan sud 

Mа’lumоt uchun: 2016-yil 23-iyundа Buyuk Britаniya sоbiq Bоsh Vаziri D. Kеmеrоnning tаshаbbusi 
bilаn Аngliyaning Yevrоpа Ittifоqidаn chiqishi to‘g‘risidа umummilliy rеfеrеndum o‘tkаzildi. Undа mаmlаkаt 
аhоlisining 72, 15 fоizi (46 mln. 501 ming 241 kishi) ishtirоk etdi. Buyuk Britаniyaning Yevrоpа Ittifоqidаn 
аjrаlib chiqishi(Breksit)ni yoqlаb rеfеrеndumdа ishtirоk etgаnlаrning 51, 89 fоizi оvоz bеrdi. Buni Yevrоpа 
Ittifоqi pаrchаlаnishining dаstlаbki qаdаmi dеyish mumkin.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   401   402   403   404   405   406   407   408   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling