Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet406/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   402   403   404   405   406   407   408   409   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

405
XIX bob.
 Hozirgi dunyo
huquqiy tizimlari
presedentiga kamroq suyaniladi, lekin bu presedentlarning nufuzi pasayishini 
anglatmaydi. 
Musulmon huquq oilasi. Musulmon huquqi VIII asrlarda Arabiston 
yarim orolida vujudga kelgan bo‘lib, hozirda Saudiya Arabistoni, Sudan, Livan, 
Misr, Eron, Arabiston yarim oroli va fors ko‘rfazlari mamlakatlarida amalda 
qo‘llanilmoqda. Ilmiy manbalarda ta’kidlanishicha, islom dini o‘z mazmuniga 
ko‘ra, 
birinchidan, musulmon kishi nimalarga e’tiqod qilishi va nimalardan 
o‘zini tiyishi lozimligini belgilovchi ilohiy aqidadan iborat; 
ikkinchidan, musul-
mon qanday amallarni bajarishi va qanday xatti-harakatlardan tiyilishi lozimli-
gi haqidagi qoidalardan iborat. Islom dinida bunday ko‘rsatmalarning yig‘indisi 
«shariat» («haq yo‘l» ma’nosini anglatadi) deb nomlanib, u aslida musulmon 
huquqidir. 
Shariat ikki qismdan – diniy, ya’ni e’tiqod qoidalari (aqida)dan va huquq 
(fiqh)dan iborat.
Fiqh, ya’ni musulmon huquqi ikki qismga bo‘linadi: birinchisi (muoma-
lat) musulmonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, ikkinchisi 
esa, (ibodat) musulmonning Alloh oldidagi majburiyatini belgilaydi. Bu ikkala 
qism huquqiy maktablar tomonidan qanday belgilangan va o‘rganilgan bo‘lsa, 
xuddi shunday ko‘rinishda yuridik fanlar predmetini tashkil qiladi. Fiqhning 
asosiy vazifasi musulmon davlati qonunchiligi bilan uning birlamchi manbalari 
orasidagi uzviy bog‘liqlikni saqlab qolishdir. Musulmon huquqi fanlari bilan 
dunyoviy yuridik fanlar o‘rtasidagi farq shundaki, musulmon huquqiy tizimi 
Qur’ondan boshlanib, huquqni insoniyat aql-idroki va ijtimoiy shart-sharoitning 
mahsuli deb emas, balki Alloh tomonidan berilgan tuhfa, marhamat deb 
hisoblaydi.
Islom dunyoviy dinlar ichida eng yoshi bo‘lsa-da, juda keng tarqalgan. 
Turli hisob-kitoblarga qaraganda, dunyoda 750 milliondan 1 milliardgacha ki-
shi Islom diniga e’tiqod qilar ekan. Ular 51 davlatda ko‘pchilikni yoki aholining 
katta qismini tashkil qiladi. Biroq, musulmon huquqining amal qilish doirasi 
musulmon aholisi bor mamlakatlarning jo‘g‘rofiy chegaralariga mos tushmaydi. 
Islomga din sifatida e’tiqod qiluvchi, lekin musulmon huquqini qabul qilmagan 
millatlar va etnik guruhlar ham mavjud
1
.
Musulmon huquqiy fanlari asosini kazuistik uslub tashkil qiladi. U «ilm-
al-furu» yoki ishlarni hal qilish (masa’il) nomi bilan tanilgan. Sunniylar va shia-
lar hamma maktablari tarmoqlarining boshida ta’limotlari tan olingan – Madina 
maktabi va Iroq maktablari turadi. Ushbu qadimgi maktablar o‘z nazoratidagi 
hududlarda ildiz otib, oddiy huquqdan foydalanib, uni yangi dinlarning ehti-

Qаrаng: Теория государства и права / Под ред.проф. В.К. Бабаева. – М., 2006. – 606-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   402   403   404   405   406   407   408   409   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling