Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anglo-sakson huquq oilasi.
402
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi davlatlar tegishli. Roman-german huquqi oilasida fransuz huquqida eng kuchli deb tanilgan «rim (roman) huquqi» «german huquqi» guruhidan farq qiladi, «german huquqi»ga german huquqi fani ancha ta’sir ko‘rsatgan 1 . Anglo-sakson huquq oilasi. Roman-german huquqiy tizimi davlatlaridan farq qilib, anglo-sakson huquq oilasiga kiruvchi davlatlarda sudyalar tomoni- dan shakllantirilgan va sud presedentlarida ifodalangan normalar huquqning asosiy manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Ingliz-amerika umumiy huquqi (common law), rim huquqi kabi «himoya bor joyda huquq bor» prinsipiga asosan rivojlan- gan «adolat huquqi» nizomlari bilan to‘ldirilgan va takomillashtirilgan ingliz umumiy huquqini kodifikatsiya qilishning barcha urinishlariga qaramasdan (I. Bentam), u sudlar tomonidan tuzilgan presedent huquqidir. Bu statut (qo- nunchilik) huquqi rolining o‘sishini istisno qilmaydi. Shunday qilib, ingliz huquqi uch tarkibiy qismdan iborat tuzilishga ega bo‘ldi: umumiy huquq – asosiy manba; ushbu asosiy manbani tuzatuvchi va to‘ldiruvchi adolat huquqi; statut huquqi – parlament tomonidan chiqarilgan yozma huquq. Ingliz – amerika huquq oilasida ingliz huquqi guruhini va shakllanish nuqtayi nazaridan u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan Amerika Qo‘shma Shtatlari huquqini farqlash lozim. Ingliz huquqi guruhiga mansub mamlakatlarga Angliyadan tashqari Shimoliy Irlandiya, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya hamda Britaniya ittifoqining sobiq koloniyalari (hozirgi paytda 36 ta davlat Hamdo‘stlik a’zosi hisoblanadi) kiradi. Ma’lumki, Angliya ko‘p yillar mobaynida yirik mustamlakachi davlat bo‘lgan, mana shu qaram davlatlarning hududida ingliz umumiy huquqi tarqalgan. Shu bois bugungi kunda dunyo aholisining uchdan bir qismi ingliz huquqi normalari asosida yashamoqda. Ingliz-amerika huquq oilasida Angliya huquqi guruhini va kelib chiqishi jihatidan u bilan bog‘liq AQSh huquqini farqlash kerak. AQSh huquqi ingliz umumiy huquqiga asoslangan bo‘lsa-da, hozirgi paytda to‘la mustaqildir. Fran- suz huquqi sezilarli rol o‘ynaydigan Luiziana shtati hududida ispan huquqi keng tarqalgan. AQShda huquq tizimi Angliyaga nisbatan biroz farqliroq. AQSh tarki- bidagi shtatlar keng vakolatlarga ega bo‘lib, bu vakolat doirasida ular o‘z qonunlarini va presedent huquqi tizimini yaratadi. Har bir shtat sudlari o‘z yurisdiksiyasini mustaqil ravishda amalga oshiradi. Shuning uchun shtat sudi qaroriga shtatdagilar rioya qilishga majbur emas. AQSh statut huquqida ingliz huquqida bo‘lmagan kodekslar ham uchraydi. Bir qancha shtatlarda Fuqarolik kodeksi amal qiladi, shtatlarning 25 tasida Fuqarolik protsessual kodeksi, ham- ma shtatlarda esa, Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodekslari mavjud. 1 Dаvlаt vа huquq nаzаriyasi. Dаrslik. Mаs’ul muhаrrirlаr: prоf. Х.B. Bоboyev vа prоf. Х.T. Оdilqоriyev. – T., 2000. – 395–396-betlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling