Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet401/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

400
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
huquqiy oilaning, ya’ni musulmon, roman-german va anglo-sakson huquq 
oilalarining ta’sirida shakllangan
1
. Tahlil jarayonida ta’kidlangan mezonlar va 
omillarga tayanib huquqiy tizimlar tasniflanadigan bo‘lsa, ularni ikki asosiy 
yo‘nalishga ajratish mumkin. Tabiiyki, mazkur yo‘nalishlardan har biri muayyan 
o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan bir qancha turlarga bo‘linadi. 
Birinchi yo‘nalish fransuz olimi R. Davidning asarlarida o‘z aksini top-
gan. Uning uch tomlik asarida uchta (roman-german, anglo-sakson, sotsialis-
tik) «huquq oilalari» ajratib ko‘rsatiladi va ularga dunyo xaritasining beshdan 
to‘rt qismini o‘z ichiga oladigan hamda «diniy va an’anaviy tizimlar» deb nom-
langan butun yuridik dunyo tutashadi
2
. R. Davidning tasnifi mashhur bo‘lib, 
Fransiya universitetlarida «Hozirgi zamon asosiy huquqiy tizimlari» fanining 
o‘qitilishi xuddi shu tasniflash asosida amalga oshiriladi.
Ikkinchi yo‘nalishning ko‘zga ko‘ringan vakili buyuk nemis yuristi 
K. Svaygert hisoblanadi. U tasniflashga besh omilni, ya’ni: 1) huquqiy 
tizimning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti; 2) yuridik fikrlashning o‘ziga 
xosligi; 3) o‘ziga xos huquqiy institutlar; 4) huquq manbalari va ularni sharhlash 
usullari; 5) mafkuraviy omillarni nazarda tutuvchi «huquqiy uslub» («huquq 
uslubi»)ni mezon qilib oladi.
Shu asosda K. Svaygert sakkizta «huquqiy doira»ni, huquq oilasini, ya’ni 
roman-german, anglo-sakson, skandinaviya, sotsialistik, musulmon huquqi, 
odat huquqi, hind huquqi, Uzoq Sharq mamlakatlari huquqi, Afrika va Lotin 
Amerikasi huquqiy oilalarini ajratadi.
 
Roman-german huquq oilasi. Ro-
man-german huquq oilasiga Yevropa qit’asida 
rim huquqi va mahalliy an’analar asosida 
yuzaga kelgan huquq tizimlari kiritiladi. U rim 
huquqini italyan, fransuz va nemis universitetlarida o‘qitish yo‘li bilan 
XII–XVI asrlarda Yustinian qonunlari to‘plami asosida shakllangan, ko‘pgina 
Yevropa davlatlari uchun umumiy bo‘lgan yuridik fan sifatida yuzaga kelgan
3

Roman-german huquq oilasi uchun yozma huquqning mavjudligi, huquq 
asoslarining yagona iyerarxik tizimi, uning ommaviy va xususiy huquq so-
halariga bo‘linishi, shuningdek, huquq tizimining sohalarga bo‘linishiga xosdir. 
Roman-german huquq oilasidagi barcha mamlakatlar huquqi uchun kodeks-
lashtirilgan qonunchilik xosdir. Bu mamlakatlarning barchasida yozma konsti-

Qаrаng: Российская юридическая энциклопедия. – М., 1999. – 756-bet.

Qаrаng: Давид Р. Основные правовые системы современности. – М., 1988. – 39–48-betlar.

Qаrаng: Теория государства и права / Под ред. проф. В.К. Бабаева. – М., 2006. – 593-bet.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling