Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Hozirgi zamon
huquq oilalarining umumiy tavsifi 3-§. 401 XIX bob. Hozirgi dunyo huquqiy tizimlari tutsiyalar mavjud bo‘lib, ulardagi normalar oliy yuridik kuchga ega deb hisob- lanadi. Mazkur huquq yuridik doktrinasi va qonunchilik amaliyoti odatdagi qonunning uch turini farqlaydi: kodekslar, maxsus qonunlar va normalarning to‘plangan matnlari. Kontinental huquq tizimiga oid aksariyat mamlakatlarda fuqarolik, jinoyat, mehnat, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual va boshqa kodekslar qabul qilingan va amal qiladi. Joriy qonunchilik tizimi ham serqirra va ko‘p tarmoqli- dir. Ushbu qonunlar ijtimoiy munosabatlarning alohida turlarini tartibga soladi (masalan, bank faoliyatiga, tadbirkorlikka oid qonunlar). Roman-german huquq oilasi manbalari orasida qonun ijrosi yo‘lida qabul qilinadigan hujjatlarning: ma’muriy sirkulyarlar, reglamentlar, farmoyishlar, dekretlar alohida o‘rin tutadi va ularning hissasi ortib bormoqda. Odatlar ham roman-german huquq oilasida huquq manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. U ba’zida qonunga qo‘shimcha, qonundan tashqari hollarda ham qo‘llaniladi, masalan, Italiya dengiz huquqida dengiz odatlari katta o‘rin egallaydi. Umuman, bugungi kunda odatlar bu huquq oilasida mustaqil manba mavqeini yo‘qotmoqda. Sud amaliyotining roman-german huquq oilasi manbalari tizimidagi aha- miyatiga kelsak, bu yerda doktrinaning yondashuvi anchagina qarama-qarshi mazmunga ega. So‘nggi yillar tendensiyasiga muvofiq, sud amaliyoti ushbu huquqiy tizimning yordamchi manbayi sifatida e’tirof etilmoqda. Avvalo, bu «kassatsiya presedenti» bilan bog‘liq. Zero, kassatsiya sudi – yuqori instan- siya sudidir. Bunda sudning «oddiy» qarori (masalan, o‘xshash ishlar bo‘yicha umumiy analogiya yoki umumiy prinsiplarga asoslangan ishlar) kassatsiya bosqichidan o‘tib, o‘xshash ishlarni hal etishda boshqa sudlar faoliyatida faktik president sifatida qabul qilinishi mumkin. Roman-german huquq oilasida uning asosiy tamoyillarini, nazariy ma- salalarini ishlab chiqqan doktrina alohida o‘rin egallaydi. Doktrina qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatida ancha muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, undan huquqni qo‘llash faoliyatida (qonunlarni sharxlashda ham) keng foy- dalaniladi 1 . Yevropadagi qator davlatlar huquqining roman-german huquq oilasiga mansubligi milliy huquqiy tizimlar o‘rtasidagi ma’lum farqlarni istisno qil- maydi. Shuni eslatib o‘tish lozimki, bir tomondan, fransuz huquqi, ikkinchi to- mondan, german huquqi shu modelga xizmat qilishdiki, buning asosida roman- german huquq oilasi ichida ikkita huquq guruhi ajratiladi: 1) roman huquqi guruhi, bunga Belgiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Italiya, Portugaliya, Is- paniya kiradi; 2) german huquq guruhi, unga Avstriya, Shveysariya va boshqa 1 Qаrаng: Теория государства и права / Под ред. проф. В.К. Бабаева. – М., 2006. – 594-bet. 26–18-8 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling