Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet398/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

397
XIX bob.
 Hozirgi dunyo
huquqiy tizimlari
huquqiy madaniyati, an’anasi kabilarni aks ettiradi. «Huquq oilasi» instituti 
«huquqning tarixiy tipi» tushunchasiga nisbatan ikkilamchi, yordamchi 
hisoblanadi, huquq shaklining nisbatan mustaqilligini, huquqning texnik-yuridik 
mazmunini, o‘ziga xosligini aks ettiradi.
Shunday qilib, huquq oilasi deganda, bir huquq chegarasida tarixiy 
shakllanishining o‘xshashligi asosida birlashgan milliy huquq tizimlarining 
ozmi-ko‘pmi keng majmui, huquqiy manbalar tuzilishi, yetakchi huquq sohalari 
va huquq institutlari, huquqni qo‘llash, yuridik fanning umumiy jihatlari 
tushuniladi. Tahlillarga xulosa yasab, huquqiy tushunchalarni «obyekt doirasi» 
(hajmi) yoki tartibga solish jarayoni bo‘yicha tartiblashtirsak, 
dunyo huquqiy 
xaritasi: huquq oilalari, huquqiy tizimlar va milliy huquq tizimlari kabi iyerarxik 
ko‘rinishga ega bo‘ladi.
 
Hozirgi zamonda ikki yuzdan or-
tiq mamlakatlarda alohida milliy huquqiy 
tizimlar amal qilmoqda. 
Bir tomondan, bar-
cha huquqiy tizimlar o‘zaro o‘xshash jihat-
larga ega; 
ikkinchi tomondan, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga 
ega bo‘lganligi bois milliy huquqiy tizimlar bir-biridan farq qiladi. Har bir 
davlatda yashovchi xalqlarning o‘z urf-odatlari, an’analari, o‘ziga xos qonun-
chilik hujjatlari, yurisdiksion organlari, huquqiy mafkurasi, huquqiy ongi 
(mentaliteti) va huquqiy madaniyati mavjud. Mamlakatning huquqiy jihatdan 
alohidaligi, uning o‘ziga xosligi tegishli jamiyatning alohida huquqiy tizimga 
(huquqiy ong, huquqiy normalar, an’analar, munosabatlar va muassasalarga) 
ega bo‘lishini taqozo etadi. Biroq, hozirgi dunyoda turli-tuman milliy huquqiy 
tizimlar bo‘lishiga qaramay, ularni bir necha huquqiy oilalarga birlashtirishga 
(taqsimlashga), guruhlashtirishga imkon beruvchi umumiy jihatlar, o‘xshash 
belgilar mavjud.
Mazkur umumiy belgi va xususiyatlar huquqiy tizimlarni alohida 
huquqiy guruhlarga, huquqiy oilalarga tasniflash imkonini beradi. Tasniflash 
usuli deyarli barcha fanlar tomonidan qo‘llaniladi, masalan, lingvistikada – ro-
man, slavyan, ingliz, turkiy til guruhlari; dinshunoslikda – islom, nasroniylik, 
buddizm, iudaizm va hokazo; tabiiy fanlarda (hayvonot va jonzotlar borasida) – 
o‘txo‘rlar va sudralib yuruvchilar; quruqlikda yashovchilar va suvda yashovchi-
lar kabi tasniflar uchraydi. Huquqshunoslik fanida tasniflash orqali biz huquqiy 
tizimlarning ayrim juz’iy jihatlariga berilmagan holda ularning muhim xususi-
yatlariga ko‘ra, huquqiy oilalarga ajratib mohiyat-belgilarini tadqiq etish maqsadiga 
erishamiz. Ushbu tasniflashga falsafiy yondashiladigan bo‘lsa, bunda 
huquqiy 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling