Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


XIX bob. HOZIRGI DUNYO HUQUQIY TIZIMLARI


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet395/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

XIX bob. HOZIRGI DUNYO HUQUQIY TIZIMLARI
Dunyoning huquqiy 
xaritasi: asosiy 
tushunchalar
1-§.


394
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
yidagi izohlarni uchratish mumkin. «Sistema» – yaxlit bir butunlik sifatida 
tashkil topgan obyektni ifodalovchi ijtimoiy-falsafiy kategoriya. Odatda, siste-
mani eng umumiy tarzda elementlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar birligi sifatida 
ta’riflaydilar. «Sistema» tushunchasi o‘z ma’nosiga ko‘ra «aloqa», «element», 
«butun», «birlik», «struktura», (elementlar o‘rtasidagi aloqalar sxemasi) 
tushunchalari bilan bog‘liq. Ushbu o‘rinda sistemali tadqiq etishning asosiy 
vazifalari: sistema elementlari, aloqalari va strukturasini, elementlar o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni ajratishdir. Sistemaning mohiyatini metodologik tushunishga ko‘ra 
sistemalilik obyekt va hodisalarning o‘z xossasi deb emas, balki faoliyatning 
aniq bir maqsadga yo‘naltirilishi, tafakkurni tashkil etish sifatida ta’riflanadi
1
.
Shunday qilib, sistema atrof-muhitdan, ijtimoiy hayotdan ajratib olingan 
o‘zaro ichki munosabat va aloqalar asosida birlashgan bir qancha elementlar va 
ular tarkibiy tuzilmalarining yaxlit bir butunligidir
2
.
Yuridik adabiyotda yer yuzasida mavjud milliy huquqiy tizimlarni umumiy 
tarzda ifodalash uchun 
«dunyoning huquqiy xaritasi», «dunyoning yuridik 
geografiyasi», «huquqiy tizimlarning hamjamiyati» (uyushmasi) degan ibora-
lar qo‘llaniladi. Mazkur kategoriyalar turli-tuman yo‘nalishdagi milliy huquqiy 
tizimlarning miqdor jihatdan katta qismini o‘z qamroviga olishi – masalaning 
bir tomoni. Ularning bundan-da muhim ikkinchi tomoni shundaki, bu terminlar 
ijtimoiy va tarixiy notekis shakllangan hamda turlicha rivojlanish bosqichida 
bo‘lgan huquqiy tizimlarni bir sinxron turkumga birlashtirib o‘rganish imko-
nini beradi. Shu narsaga e’tibor qaratish joizki, turli mamlakatlarning huquqiy 
tizimi, ayniqsa, qonunchiligi turfa tillarda, turli yuridik texnika qoidalari aso-
sida va ma’naviyati, e’tiqodi, tarkibiy tuzilishi har xil bo‘lgan jamiyatlar uchun 
yaratiladi
3
. Bular ularni differensiyalashga, farqlashga asos bo‘luvchi jihatlardir. 
Afsuski, «huquqiy tizim» kategoriyasini tahlil etganda ba’zan olim-
lar «huquq tizimi» ning tor doirasida fikr yuritadilar. Ammo, huquq tizimi 
o‘z tarkibiga huquq sohalari, huquq institutlari, huquq normalarini qamrab 
olgani holda huquqiy tizimning birgina elementini tashkil etadi. Ma’lumki, 
faqat huquqiy normalarning yig‘indisi huquqiy tizimni to‘la aks ettira olmaydi. 
Huquqiy tizim «huquq tizimi»ga nisbatan ancha keng, serqirra, murakkab ijti-
moiy hodisadir.
Chexiyalik olim, akademik Imre Saboning talqiniga ko‘ra, «huquqiy tizim 
tushunchasi muayyan huquq tiliga tegishli bo‘lgan alohida tizimlarni ifoda-
lashga xizmat qiladi», bunda gap «huquq normalarining oddiy yig‘indisi emas, 

Fаlsаfа: qоmusiy lug‘аt // Tuzuvchi vа mаs’ul muhаrrir Q. Nаzаrоv. – T., 2004. – 370-bet.

Qаrаng: Оdilqоriyev Х.Х. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining qоnunchilik tizimi. – T., 2008. – 16–17-betlar.

Qаrаng: Давид Р., Жоффре – Спинози К. Основные правовые системы современности. – М., 1996. 
– 18-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling