Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet392/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Rasmiy sharhlash – qonun bilan sharhlash vakolati berilgan davlat 
organlari tomonidan amalga oshiriladigan sharhlash bo‘lib, u hamma uchun 
umummajburiy ahamiyat kasb etadi. Sharhlanayotgan huquq normalarining 
umummajburiyligi sharhlayotgan subyektning holatiga, huquqiy maqomiga 
bog‘liq bo‘ladi.
Yurisprudensiyada rasmiy sharhlash shartli ravishda 
normativ (umumiy) 
va 
kazual turlarga bo‘linadi.
Normativ sharhlash umumiy xarakterga ega bo‘lib, uning natijalari 
huquqni qo‘llashda majburiy ahamiyatga ega. Normativ sharhlash yangi huquqiy 
normalarni yaratmaydi, balki harakatdagi huquqiy normalarning mazmunini 
tushuntiradi. Bunday sharhlash natijalari huquqni tatbiq etish jarayonida umu-
miy qoida sifatida qabul qilinadi, cheklanmagan miqdorda hayotda vujudga 
keluvchi ijtimoiy munosabatlarga qo‘llanadi hamda huquqiy munosabatlar 
ishtirokchilarining keng doirasiga taalluqli bo‘ladi. Normativ sharhlash tarki-
bida 
autentik (mualliflik) va legal (ruxsat berilgan) sharhlash farqlanadi.
Autentik sharhlash normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ tomoni-
dan sharhlash (masalan: qabul qilingan qonunga parlament tomonidan berilgan 
sharh). Autentik – haqiqiylikni, dastlabki manbalarga asoslanganlikni nazarda 
tutadi. Yuridik adabiyotlarda autentik sharh mualliflik sharhi ham deb ataladi. 
O‘zbekiston Respublikasida autentik sharhlash huquqi O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi, uning palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar 
Huquqni 
sharhlashning 
turlari
3-§.


390
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, xalq deputatlari viloyatlar, tuman 
va shahar Kengashlari, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlariga o‘zlari 
qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha berilgan. 
Huquqiy amaliyotda normativ sharhlashning alohida turi hisoblangan 
le-
gal (ruxsat berilgan) sharhlash ham mavjud. Legal sharhlash qonun bilan 
bunday vakolat ruxsat etilgan organ tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 3-qismiga asosan, O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi Konstitutsiya va qonun normalariga 
sharh beradigan yagona organdir. Bu sharhlash legal normativ bo‘lib, bar-
cha davlat organlari, korxonalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, mansabdor 
shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Kazual sharhlash umummajburiy xarakter kasb etmaydigan, balki 
huquqiy normani aniq hodisa, hayotiy holatga qo‘llash uchun ko‘zlangan ras-
miy talqin etishdir. 
Kazus – hodisa, hayotiy fakt. Kazual sharhlash sud va 
boshqa vakolatli organlar tomonidan ko‘rilayotgan va hal qilinayotgan aniq 
ishlar bo‘yicha tegishli normaga beriladi va faqat shu ish uchun majburiydir.
Sud organlari har bir fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va boshqa ishlarni 
ko‘rayotganda tegishli huquqiy normalar bilan bu ishlarni ko‘rib, hal qilish 
chog‘ida huquqiy normalarni kazual sharhlaydi. Sudning har bir fuqarolik ishi 
bo‘yicha chiqargan qarori yoki jinoiy ishlar bo‘yicha chiqargan hukmi huquqiy 
normani kazual (kazus) sharhlash asosida amalga oshiriladi. 
Huquqiy normalarni subyektga ko‘ra sharhlashning ikkinchi turi 
norasmiy 
sharhlashdirNorasmiy sharhlash – huquq mazmunini shunday sharhlashni 
nazarda tutadiki, bunda sharhlash maxsus vakolat berilmagan organlar yoki 
shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, sharhlash natijalari majburiy ahamiyat 
kasb etmaydi, yuridik oqibatlarga sabab bo‘lmaydi. Norasmiy sharhlashning 
ahamiyati, uning ishonarliligi, ilmiy asoslanganligi hamda ushbu faoliyatni 
amalga oshirayotgan shaxslarning shaxsiy obro‘-e’tiboriga bog‘liqdir. Masalan, 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga sharhlar, Jinoyat kodeksiga 
sharhlar, Fuqarolik kodeksiga sharhlar shular jumlasidandir.
Norasmiy sharhlashning 
oddiy, kasbiy va doktrinal kabi turlari mavjud. 
Oddiy sharhlash huquqiy faoliyat sohasida mutaxassis bo‘lmagan fuqa-
rolar kundalik hayotda yuzaga keladigan huquqqa oid hodisa va harakatlarga 
nisbatan o‘zlarining subyektiv fikrini bildirishi hamda o‘zining huquqiy bilimi 
darajasida huquqqa oid masalaning mazmunini aniqlashdir. 
Kasbiy sharhlash deganda, kundalik amaliyotda xizmat faoliyati nuqtai-
nazaridan doimiy ravishda shug‘ullanadigan huquqni muhofaza qiluvchi organ-
lar xodimlarining mavjud huquq normalarini mazmun va mohiyatini yoritishga 
qaratilgan fikri va mulohazalari tushuniladi. Kasbiy sharhlash bilan asosan 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling