Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet388/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

386
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Tizimli sharhlashda quyidagi maxsus qoidalarga rioya etish lozim:
birinchidan, umumiy va maxsus normalarning aloqadorligi (maxsus qo-
nunlar muayyan faktga tegishli umumiy qonun harakatlarini bekor qiladi, ya’ni 
maxsus qonun normalari mavjud bo‘lgan taqdirda, umumiy qonun normalari 
qo‘llanilmasdan, maxsus qonun normalari qo‘llaniladi. Demak, maxsus norma-
lar umumiy normalarning harakat faoliyatini cheklaydi); 
ikkinchidan, havola etuvchi moddalarning aloqadorligi (havola etuvchi 
moddalar sharhlanayotgan moddalarni aniqlashtirish uchun mo‘ljallangan yoki 
mazkur normaning mohiyatini yoritish uchun havola etilayotgan moddalarga 
murojaat qilinadi);
uchinchidan, agar turli organlar tomonidan chiqarilgan huquqiy norma-
larning qarama-qarshiligi aniqlansa, yuqori turuvchi organlar tomonidan qabul 
qilingan normaga asoslanish lozim;
to‘rtinchidan, agar bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki normaning 
bir-biriga zidligi aniqlansa, u holda norma qabul qilingan vaqt e’tiborga olinadi 
va keyingi qabul qilingan normaga asoslanishi lozim.
Tarixiy-siyosiy sharhlash usulida qonun chiqaruvchi idora belgilagan 
har bir normaning maqsadi va ma’nosini aniqroq tushunib olish uchun, 
sharhlanayotgan norma qabul qilinayotgan paytda yuzaga kelgan ijtimoiy-
siyosiy sharoit inobatga olinadi.
Tarixiy-siyosiy usulda sharhlashda tatbiq etilayotgan huquqiy normaning 
mazmuni qanday tarixiy sharoitda, davlatning qaysi organi tomonidan, qan-
day maqsadda qabul qilinganligi aniqlanadi. Masalan, O‘zbekiston Respub-
likasi Konstitutsiyasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan tahririda 89-mod-
daning mazmuni quyidagicha edi: «O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 
O‘zbekiston Respublikasida davlat va ijro hokimiyat boshlig‘idir. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblana-
di». Ushbu qoida O‘zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash, o‘tish davri-
da mamlakatda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy barqarorlikni, fuqarolar tinchligi va 
farovonligini ta’minlashda mustahkam zamin bo‘ldi. 
Mamlakatimizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllanti-
rish yo‘lida islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, hokimiyat-
lar taqsimlanishi prinsipini yanada chuqurlashtirish, oliy hokimiyat organlari 
tizimida ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar tufayli mazkur qoida tadrijiy ravishda 
o‘zgarib bordi. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan 
konstitutsiyaviy qonuni bilan Konstitutsiyaning 89-moddasiga quyidagicha tu-
zatishlar kiritildi: «O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 
davlat boshlig‘idir 
(ta’kid muallifniki – X.O.) va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan 
holda faoliyat yuritishi hamda hamkorligini ta’minlaydi».



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling