Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grammatik sharhlash
Huquq normalarini
sharhlash usullari 2-§. 384 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi – uning ijtimoiy voqelik bilan bo‘lgan boshqa aloqalarini tadqiq etadi. Huquqshunoslik fanida huquqni sharhlashning quyidagi usullari farqla- nadi: grammatik (filologik) sharhlash; tizimli (sistemali) sharhlash; tarixiy- siyosiy sharhlash; mantiqiy sharhlash; teleologik sharhlash; maxsus yuridik sharhlash. Grammatik sharhlash («til bo‘yicha», «filologik» kabi iboralar bilan ham ifodalanadi) hujjat matnini morfologik va sintaktik tuzilishini aniqlashga qaratilgan maxsus usuldir. Ushbu usul yordamida ayrim so‘zlar va atamalar, butun gaplar, gaplar guruhining grammatik ma’nosi aniqlashtiriladi. Bunda normativ-huquqiy hujjatda qo‘llanilgan ot, sifat, son kabi gap bo‘laklari, keli- shik qo‘shimchalari, fe’llarning shaxsi va turlari; ishlatilgan bog‘lovchilar, tinish belgilari va shu kabilarning ahamiyati o‘rganiladi. Huquqiy norma mazmunini, matnini savodxonlik nuqtayi nazaridan sharhlashga, undagi hatto tanish belgilarining ahamiyatiga bir misol kelti- ramiz. Parlament majlisida murakkab iqlimli mintaqalarda mehnat qilayot- gan shaxslar uchun imtiyozlar o‘rnatishga oid qonun loyihasi muhokama qilinayotganda deputatlardan biri quyidagi jumlaga e’tiroz bildirdi: «Suv- siz cho‘l zonalarida mehnat qilayotganlarga imtiyoz berilsin». Deputat bu jumladagi «suvsiz» so‘zidan keyin vergul qo‘yishni taklif etdi. Shunda jumla quyidagicha bo‘ladi: «Suvsiz, cho‘l zonalarida mehnat qilayotgan- larga imtiyoz berilsin». Bunda vaziyat tubdan o‘zgaradi. Birinchi variantda faqat «suvsiz cho‘l zonalar» nazarda tutilgan bo‘lsa, ikkinchi variantda «ham suvsiz», «ham cho‘l» zonalarda mehnat qilayotgan shaxslar imtiyozlardan bahramand bo‘ladilar. Demak, bitta vergul qonun normasining ma’nosini ta- momila o‘zgartirdi, u imtiyozdan foydalanadigan subyektlar doirasini ancha kengayishiga sababchi bo‘lmoqda. Grammatik sharhlashda normativ hujjatdagi har bir so‘z o‘rganiladi, so‘zning asosiy ahamiyati, ma’nosi, grammatik shakli aniqlanadi. Qonun- chilikda ishlatiladigan maxsus atamalarni tadqiq qilish huquq normalarini sharhlashda alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Ayrim so‘zlar va atamalarning ma’nosi aniqlanganidan so‘ng norma orqali ifoda etilgan gaplar ma’nosi, ularning umumiy grammatik, etimologik va lug‘aviy tuzilishi o‘rganiladi. Grammatik sharhlash natijasida huquqiy normaning matnida ifodalangan mazmuni aniqlanadi. Grammatik sharhlashda quyidagilarga e’tibor beriladi: – «sharhlashning oltin qoidasi» – qonunning biror-bir moddasini sharhlash jarayonida hamma uchun tushunarli bo‘lgan, adabiy tildan foydalanish lozim; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling