Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqiy normani tizimli (sistemali) sharhlash
385
XVIII bob. Huquq normalarini sharhlash – qonun chiqaruvchi organ qonunning matnida adabiy til me’yorlaridan chetga chiqqan bo‘lsa, sharhlash jarayonida ham xuddi shunday izohlash lozim; – huquq normasini sharhlashda bir sohaga taalluqli iborani ikkinchi bir taalluqli bo‘lmagan sohada ishlatish taqiqlanadi; – agar qonun matnidagi ibora mazmuni aniq ifodalanmagan bo‘lsa, uni sharhlashda huquqshunoslik fani va amaliyotida keng qo‘llanilayotgan so‘zlardan foydalanish lozim; – agar qonun biror-bir iborani turli ma’noda tushunishga «ruxsat» ber- masa, uni har xil talqin etish mumkin emas; – turli iboralarni asossiz ravishda bir ma’noda qo‘llash taqiqlanadi; – qonunning biror-bir so‘zini ortiqcha ibora sifatida talqin qilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak 1 . Huquqiy normani tizimli (sistemali) sharhlash – huquqiy normaning mazmuni boshqa normalar bilan o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikda, mazkur huquqiy normaning normativ-huquqiy hujjat, huquq instituti, huquq tarmog‘ida tutgan o‘rni va ahamiyati aniqlanadi. Tizimli sharhlash yordamida normalar va hujjatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar (kolliziyalar) aniqlanadi va bartaraf etiladi. Tizimli sharhlash usulida sharhlovchi subyekt tomonidan, birinchidan, huquq normasining huquq tizimidagi o‘rni aniqlanadi (huquq sohasi, instituti), ikkinchidan, sharhlanayotgan huquq normasi bilan, mazkur norma tatbiq etili- shi nazarda tutilayotgan aniq hayotiy munosabat o‘rtasida mantiqiy bog‘liqlik borligi aniqlanadi, uchinchidan esa, sharhlanayotgan normaning mazmunini bilishga erishiladi. Tizimli sharhlash rasman bekor qilinmagan, biroq amalda boshqalari bilan almashtirilganligi sababli ahamiyatsiz, foydalanilmay qolgan normalar- ni ham aniqlash imkonini beradi. Normalarning o‘zi mansub bo‘lgan huquq tarmog‘ining umumiy qismi bilan aloqalari, tizimli sharhlash vaqtida hisobga olish zarur bo‘lgan holatlardan biridir. Bunday aloqani ko‘rib chiqish, talqin qilinayotgan normaning ma’nosini har tomondan aniqlashtirish va kengroq ochish, uning umumiy yo‘naltirilganligini anglashga imkon beradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 615-moddasida ijara shartno- masini bekor qilish tartibi mustahkamlangan. Shartnomani bekor qilishning asoslari Fuqarolik kodeksining 382-moddasida ham belgilangan. Ijara shartno- masi bekor qilinishi chog‘ida ushbu moddalar bir-biri bilan solishtirilib, ijara shartnomasini bekor qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 615-moddasi bilan hal etiladi. 1 Qаrаng: Общая теория государства и права. Академический курс в 2-х томах. Под ред. проф. М.Н. Марченко. Том 2. Теория права. – М.: «Зерцало», 1998. – 328–329-betlar. 25–18-8 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling