Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


XVIII bob. HUQUQ NORMALARINI SHARHLASH


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet384/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

XVIII bob. HUQUQ NORMALARINI SHARHLASH
Huquq normalarini 
sharhlash tushun-
chasi va mohiyati
1-§.


382
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Huquq normasining mazmunini tushuntirib berish – vakolatli davlat 
organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning normativ-huquqiy hujjatlarda 
mujassamlangan davlat irodasini huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchi-
lariga bayon etish va tushuntirishga qaratilgan maxsus faoliyatidir. 
«Sharhlash – tushuntirish» faoliyati sharhlovchi shaxs «o‘zi uchun» huquq 
mazmunini aniqlab olganidan so‘nggina amalga oshirilishi mumkin. Tushuntirish, 
birinchidan izohlashning aqliy jarayoni sifatida, ikkinchidan, hujjatni (qaror, 
yo‘riqnoma va h.k.) tahlil etish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Tushuntirishning 
maqsadi – sharhlanayotgan normalarning mazmunini yoritish, huquq talabla-
rini aniqlantirish yo‘li bilan ularning mazmunini og‘zaki yoki yozma talqin 
etishdan iborat. Biroq, huquqiy normani sharhlashni faqat tushuntirish faoliyati 
bilan cheklansa, sharhlashdagi aqliy fikrlash, mushohada yuritish, tafakkur 
qilish jarayoni chetda qolib ketadi. Demak, sharhlash uchun mutasaddi subyekt 
avval o‘zi huquqiy norma ma’nosini anglab olishi, keyin boshqalarga izohlab 
berishi lozim bo‘ladi.
Shunday qilib, 
huquq normalarini sharhlash deganda, davlat organ-
lari, mansabdor shaxslar, jamoat tashkilotlari va alohida fuqarolarning huquq 
normalari mazmunini aniqlashga, ularda ifodalangan davlat hokimiyati irodasi 
mazmunini tushuntirib berishga qaratilgan maxsus faoliyati tushuniladi. Ayni 
vaqtda, – bu mushohada, tafakkur qilish jarayonidir.
Sharhlash eng umumiy va mavhum tabiatga ega bo‘lgan huquq norma-
larini, jamiyatda vujudga keluvchi alohida munosabatlarga tatbiq etish ehtiyoji 
tufayli yuzaga keladi. Prof. S.S. Alekseevning fikricha, qonun chiqaruvchi ido-
ra normativ ko‘rsatmalarni shakllantirar ekan, kelajakka, ijtimoiy hayotda vu-
judga kelishi ehtimol tutiladigan o‘zgarishlarni nazarda tutadi. Shunday qilib, 
huquq normalarini, ayniqsa, yuksak normativ umumlashganlik darajasi bilan 
ajralib turuvchi normalarni amalga oshirishda, ularni alohida olingan hodisaga 
nisbatan qo‘llashda bu normalarni sharhlash zarurati yuzaga keladi. Huquqni 
sharhlash natijasida uning mazmuni, ijtimoiy vazifasi, amaliy ahamiyati aniqla-
nadi, anglab yetiladi va tushuntirib beriladi.
Huquqni sharhlashning maqsadi qonun chiqaruvchi organning huquq 
normasida mujassamlashgan irodasini, ushbu norma bilan bog‘liq deb hisobla-
gan tasavvurlar va tushunchalarni ifodalashdan iborat. 
Uning asosiy vazifasi 
qonun chiqaruvchi organ qonunchilik hujjatida bayon etgan qoidaning maz-
munini ochib berishdir. Huquqning mazmunini aniqlash sharhlashning maxsus 
usul va yo‘llarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Qonun va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlar matnidagi so‘z va iboralarni savodxonlik, mantiqiy va yuri-
dik jihatdan talqin etish sharhlovchi subyektdan ijodiy va ilmiy yondashuvni 
talab qiladi. Huquqni sharhlashning amaliy ahamiyati ko‘proq sud, prokura-



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling