Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Huquq analogiyasi – amaldagi qonunchilik normalari bilan tartibga
solinmagan munosabatlarga nisbatan huquqning umumiy asoslari, tamoyillari va mazmunini qo‘llashdir. Huquqning umumiy asoslari, tamoyillari va maz- muni deganda, umumhuquqiy va tarmoq hamda huquqiy tartibga solishning huquqiy prinsiplari nazarda tutiladi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 5-moddasi ikkinchi qismida fuqarolik huquqiy munosabatlarida qonun o‘xshashligidan foydalanish mumkin bo‘lmagan hollarda, taraflarning huquq va burchlari fuqarolik qonunchilik hujjatlarining umumiy negizlari va mazmuni 380 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi (huquq o‘xshashligi)ga hamda halollik, oqillik va adolat talablariga amal qilgan holda belgilanadi. Huquqni qo‘llash jarayonida qonun analogiyasi va huquq analogiyasidan foydalanishning bitta muhim xususiyati mavjud: qonun o‘xshashligi va huquq o‘xshashligi jinoiy-huquqiy jazo va ma’muriy – huquqiy jazo qo‘llashda ishlatil- maydi. Huquqni qo‘llovchi idora uchun hayotiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi jinoiy-huquqiy yoki ma’muriy – huquqiy qoidaning yo‘qligi, huquqdagi bo‘shliqni emas, balki qonun chiqaruvchi idoraning ushbu holatlarni huquqiy tartibga solmaganligi, ularning huquqiy jihatdan kam ahamiyatli deb hisobla- ganini bildiradi. Qonun chiqaruvchi idora esa, huquqiy qoidaning yo‘qligini aniqlagandan so‘ng, ushbu munosabatlarni huquqiy tartibga solish shart emas deb topishi yoki bunday qoidaning mavjud emasligini huquqdagi bo‘shliq deb hisoblab, tegishli normani qabul qilish yo‘li bilan bo‘shliqni to‘ldirishi mumkin. Huquqni qo‘lovchi organ (shaxs) bunday holda faqat qabul qilingan huquqiy qoidaga asoslanishi lozim hamda huquq va qonun analogiyasini qo‘llashi mumkin emas. Shuningdek, fuqarolarning huquqlarini cheklaydigan va javobgarlik belgilaydigan norma- larni analogiya bo‘yicha qo‘llanishga yo‘l qo‘yilmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling