Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
377
XVII bob. Huquqning harakatlanishi va uni amalga oshirish Huquqni qo‘llash hujjatlari davlat or- ganlari, jamoat tashkilotlari va mansabdor shaxslarning huquqni qo‘llash faoliyatining natijasi bo‘lib, hisoblanadi. Huquqni qo‘llash hujjati – davlatning hokimiyatini amalga oshirish yuzasidan chiqariladigan yakka tartibdagi muayyan hujjat bo‘lib, vakolatli subyekt tomonidan aniq huquqiy masalani mazmunan hal etish yuzasidan chiqariladi. Huquqni qo‘llash hujjatlari ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir ko‘rsatish mexanizmida tutgan o‘rni, zaruriyati hamda foydaliligi nuqtayi nazaridan mustaqil qiymatga ega. Huquqni qo‘llash hujjatlari qadr-qim- matining yuqoriligi yana shu bilan belgilanadiki, ular orqali normativ-huquqiy hujjatlar bilan bir qatorda ijtimoiy maqsadlarni amalga oshirishga erishiladi. Huquqni qo‘llash hujjatlari quyidagi bir qator xususiyatlarga ega: 1) ular vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan chiqariladi. Bundan esa, huquqni qo‘llash hujjatlarining davlat-hokimiyat xususiyatiga ega ekanligi kelib chiqadi; 2) bu hujjatlar qat’iy individuallashgan bo‘lib, ular aniq shaxslar va hodisalarga qaratilgan bo‘ladi; 3) bu hujjatlarning bajarilishi davlatning majburlov kuchi bilan ta’minlanadi; 4) huquqni qo‘llash hujjatlari bir marta qo‘llaniladi, shu bilan u o‘z kuchi- ni yo‘qotadi. Huquqni qo‘llash hujjatlarida, ular sudlov, ma’muriy yoki boshqa davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilinishidan qat’i nazar, har doim davlatning obro‘si va kuchi namoyon bo‘ladi. Shuning uchun mazkur hujjatlarda nazarda tutilgan ko‘rsatmalarni bajarishdan bosh tortish, ularni buzish tegishli tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. Huquqni qo‘llash hujjatlari quyidagi talablarga javob berishi lozim: a) maz- kur hujjatlar qaysi normativ-huquqiy hujjatlar asosida qabul qilingan bo‘lsa, ularga aniq mos kelishi; b) huquqni qo‘llovchi organ yoki mansabdor shaxsning vakolati doirasida qabul qilinishi; d) chuqur va har tomonlama asoslantirilgan bo‘lishi; e) huquqni qo‘llash hujjatlariga rasmiy tus beruvchi barcha zarur rekvizitlarga (hujjatning nomi, qabul qilinish joyi va vaqti, mazkur hujjatni qabul qilgan organ nomi, tegishli muhr, imzoning mavjudligi va hokazo) ega bo‘lishi. Huquqiy adabiyotlarda huquqni qo‘llash hujjatlari huquqning manbayi bo‘la olmasligi qayd etiladi. Sababi, mazkur hujjatlar o‘zlarida umumiy yurish-turish qoidalarini emas, balki alohida hayotiy holatga taalluqli ko‘rsatmani mujassam- lantiradi. Huquq nazariyasida huquqni qo‘llash hujjatlarini tasniflash masalasi alohida ahamiyatga ega. Huquqni qo‘llash hujjatlarini bir necha mezonlar aso- Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling