Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet377/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

beshinchi bosqichi – chiqarilgan individual 
huquqiy hujjatni bajarish choralarini ko‘rish nazarda tutadi. Qaror (buyruq, 
hukm) ning bajarilishini ta’minlash ba’zan maxsus organlarga (prokuror, ichki 
ishlar organi xodimi, sud ijrochisi, soliq inspektori va h.k.) yoki qarorni 
chiqargan organ (shaxs) ning o‘ziga yuklatiladi.
Huquq normasini qo‘llashning 
oltinchi, yakunlovchi bosqichi – qabul 
qilingan qarorning amalda bajarilishini nazorat (monitoring) qilish, ijroni tek-
shirish hisoblanadi.
Huquq normasini qo‘llashga qonunlarga qat’iy amal qilishni talab etuv-
chi murakkab mantiqiy jarayon deb qarash lozim. Biroq, huquq normasini 
qo‘llashda formal mantiqning rolini juda ham oshirib yuborish yaramaydi, 
chunki huquqning hayotga samarali sur’atda kirib borishini ta’minlashdagi 
asosiy usul – huquq normasini qo‘llashda to‘g‘ri va adolatli ish ko‘rishdir. Bu 
esa, asosan dialektik metodni keng qo‘llash, undan unumli foydalanish nati-
jasidagina amalga oshiriladi.
Umuman huquqning ta’sirchanligini ta’minlash va huquq normalarini tat-
biq etish jarayonini tushunish uchun ularni kimlar tomonidan qaysi vaqtda 
qo‘llash mumkinligini aniqlab olish alohida ahamiyat kasb etadi. Gap huquqni 
qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lgan subyektlar haqida ketmoqda. Huquq norma-
larini amalda qo‘llash davlat organlari, mansabdor shaxslar jamoat tashkilot-
lari tomonidan shaxslarning o‘zaro munosabatlariga nisbatan tatbiq qilinadi. 
Shunga ko‘ra muayyan huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi 
yoki to‘xtatilishi sodir bo‘ladi.
Huquq normalari o‘z xususiyatiga ko‘ra, faqat davlat organlari yoki 
shu ishga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidangina emas, balki jamoat 
tashkilotlari (kasaba uyushmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish or-
ganlari va boshqalar) tomonidan ham muayyan sharoitlarda qo‘llanishi 
mumkin. Huquq normalarini qo‘llash jarayonida alohida fuqarolar ham faol 
ishtirok etishlari talab qilinadi. Demokratik jamiyatda qonunlarni hayotga 
tatbiq etishda davlat organlari bilan bir qatorda jamoat tashkilotlarining 
roli ham kun sayin o‘sib bormoqda. Masalan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqa-



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling