Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Birinchi bosqichda ko‘rilayotgan ishning huquq normasini qo‘llanishni
talab etuvchi faktik tomonini tahlil qilishda, avvalo, huquq normasini qo‘llayotgan subyekt tomonidan ko‘rilayotgan ishning yuridik ahamiyatga egaligi, mazkur masalani hal etish jarayonida huquq normalari asosida ish ko‘rishning lozim- ligi yoki huquq normalari qo‘llamay boshqa ijtimoiy normalardan foydalangan holda hal etish mumkinligi aniqlanadi. Buning uchun huquqni qo‘llovchi sub- yektning amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishi talab etiladi. 1 Qаrаng. Dаvlаt vа huquq nаzаriyasi. Prоfеssоrlаr H. Bоboyev vа Х. Оdilqоriyevlаrning tаhriri оstidа. – T., 2000. – 332–333-betlar. 2 Qаrаng: Общая теория государства и права. Академический курс в 2-х томах. Под ред. Проф. М.Н. Марченко. Том 2. Теория права. – М., 2000. – 319-bet. 374 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Ko‘rilayotgan ishning yuridik xususiyatini aniqlash uchun birinchidan, masalan, ilgari jinoyat qonunchiligi tomonidan ko‘rilgan, hozirgi vaqtda qo- nunchilikning yangi talablariga va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra o‘zining jinoiylik ahamiyatini yo‘qotib, ma’muriy yoki intizomiy javobgarlik bilan chega- ralanish mumkinligini aniqlash lozim. Shuningdek, ishning yuridik xususi- yatini aniqlash, mazkur ish ijtimoiy normalarning qaysi kategoriyasi orqali ko‘rilganini bilishni taqozo etadi. Zero, huquq normalarini qo‘llash haqida uning yuridik xususiyati aniqlanganidan keyingina, ko‘rilayotgan ishga axloq yoki odat normalarini emas, balki huquq normalarini qo‘llash zarurligi haqi- da to‘xtamga kelish mumkin. Ushbu holatni aniqlash maqsadida, shuningdek ko‘rilayotgan ishning ijtimoiy zarari qay darajada ekanligi aniqlanishi lozim. Uning ijtimoiy zarari darajasi va xususiyati orqali jinoyatlar, ma’muriy va fuqa- rolik huquqlarining buzilishi aniqlanadi. Huquq normalarini qo‘llashning birinchi bosqichini malakali olib borish ko‘p jihatdan siyosiy va huquqiy onglilik, qonunlarni bilish darajasiga, aniq faktlar va sharoitlarni tahlil qila olish, masalaning mohiyatini tushunish va uni ikkinchi darajali narsalardan farq qila olish qobiliyatiga bog‘liq. Huquq normalarini qo‘llashning Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling