Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet371/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

huquqni qo‘llash maydonga chiqadi. 
Huquqni qo‘llashning zaruriyati quyidagilar bilan izohlanadi:
Birinchidan, ayrim normalarni amalga oshirish mexanizmida davlatning 
ishtiroki nazarda tutiladi. Bu, avvalo, moddiy ne’matlarni davlat tomonidan 
taqsimlash nazarda tutilgan normalardir. Masalan, pensiya huquqini amal-
ga oshirish ijtimoiy ta’minot organi komissiyasining ayrim fuqaroga pensiya 
tayinlash to‘g‘risidagi qarorini zarur element sifatida o‘z ichiga oladi. Davlat 
yer fondidan yer uchastkasi ajratish tegishli davlat organining alohida hokimi-
yat qarorini talab qiladi. Shu tartibda, ya’ni alohida hokimiyat qarori chiqarish 
yo‘li bilan fuqarolar va tashkilotlarga foydalanish uchun davlat mulkiga kiruv-
chi yer uchastkalari ajratiladi. 
24–18-8


370
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Ikkinchidan, davlat apparati doirasida davlat organlari va mansabdor 
shaxslari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar asosan hokimiyat va bo‘ysunish xususi-
yatiga ega bo‘ladi. Mazkur huquqiy munosabatlar zaruriy element sifatida ho-
kimiyat qarorlarini, ya’ni huquqni qo‘llash hujjatlarini (masalan, Prezidentning 
vazirni lavozimdan olish to‘g‘risidagi farmonini) o‘z ichiga oladi. 
Uchinchidan, huquq normasi huquq to‘g‘risida nizo chiqqan hollarda 
qo‘llaniladi. Agar taraflar o‘zaro huquqlari va majburiyatlari xususida bir 
to‘xtamga kela olmasalar, ular nizoni hal qilishni so‘rab vakolatli davlat or-
ganiga murojaat etadilar (masalan, tashkilotlar o‘rtasidagi nizolarni xo‘jalik 
sudlari ko‘rib chiqadi). 
To‘rtinchidan, huquqni qo‘llash sodir etilgan huquqbuzarlik uchun 
yuridik javobgarlik chorasini aniqlash, shuningdek tarbiyaviy, tibbiy yo‘sindagi 
majburlov choralarini qo‘llash uchun zarur bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling