Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet370/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

369
XVII bob.
 Huquqning harakatlanishi 
va uni amalga oshirish
Huquqni amalga oshirish to‘g‘risida eng aniq ma’noda bajarish shakli bilan 
bog‘liq holda so‘z yuritish mumkin. Huquqni amalga oshirishning qolgan ikki 
shakli (foydalanish va rioya etish)ga kelsak, bu yerda huquqni amalga oshirish 
haqidagi umumiy qoidalar aniqlik kiritishga va hatto eslatmalarga, izohlarga 
muhtojdir. Avvalambor, ko‘rsatilgan bu ikki shaklga birlikda, uyg‘unlikda va 
tartibga solish turiga ko‘ra qaralishi lozim. Foydalanishda doim rioya etish ham 
bo‘ladi: umumiy ruxsat beruvchi huquqiy tartibga solishda – muayyan man 
etuvchi normalarni buzmaslik tarzida, ruxsat beruvchi tartibga solishda – sub-
yektiv huquq belgilagan xulq-atvor chegarasiga qat’iy rioya qilish, bu chega-
radan chetga chiquvchi harakatlar sodir etmaslik tarzida namoyon bo‘ladi. 
Binobarin, eng muhimi bunda emas. Umumiy ruxsat beruvchi huquqiy 
tartibga solishda ham, aniq ruxsat beruvchi tartibga solishda ham vakolatli 
subyekt faol harakat qiladi. Bu faol xulq-atvorga faqat shartli ravishda huquqni 
amalga oshirish sifatida qaralishi mumkin. Subyektlarning faol xulq-atvorida 
asosan ijtimoiy hayotning obyektiv belgilangan ehtiyojlariga asoslangan mod-
diy, siyosiy, ma’naviy va boshqa manfaatlar amalga oshadi. Tegishli – vakolat 
beruvchi va man etuvchi yuridik normalarni, shuningdek umumiy ruxsat va 
taqiqlarni amalga oshirish esa, amalda namunaviy konstruksiyalar, umumiy va 
mutlaq huquqiy munosabatlarning yaratilishi va subyektlarning ularga muvofiq 
ijtimoiy ehtiyojlari bilan belgilangan o‘z faol xulq-atvorini amalga oshirishidan 
iborat bo‘ladi. 
Huquqni amalga oshirish aksariyat hollarda davlat va uning organlari 
ishtirokisiz yuz beradi. Fuqarolar va tashkilotlar o‘z ixtiyori bilan, majburlovsiz, 
o‘zaro kelishuvga ko‘ra huquqiy munosabatlarga kirishadilar va bu munosabat-
lar doirasida subyektiv huquqlardan foydalanadilar, majburiyatlarni bajaradilar 
va qonunda belgilangan taqiqlarga rioya qiladilar. Shu bilan birga, ayrim hol-
larda, davlatning aralashuviga zarurat tug‘iladi, bunday aralashuvsiz huquqni 
amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi. Huquqiy tartibga solish jarayoniga uning 
yakunlovchi bosqichida 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling