Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
365
XVII bob. Huquqning harakatlanishi va uni amalga oshirish yuridik mexanizmlari xilma-xil bo‘lib, ularning mazmuni u yoki bu mamlakat huquqiy tizimining xususiyatlari bilan belgilanadi. Mamlakatimiz huquqiy tizimida huquqni amalga oshirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat. Dastlabki bosqich – tabiiy huquqni qonun darajasiga ko‘tarish (ijo- biy huquq), uni normativ shaklda ifodalash. Tabiiy huquqning o‘zagini inson huquqlari, uning inson va jamiyat tabiatidan kelib chiquvchi ijtimoiy-huquqiy talablari tashkil etadi. Bu talablarni qanoatlantirish uchun davlat ularni qonun yo‘li bilan, normativ darajada tan olishi kerak. Inson huquqlarini qonun dara- jasiga ko‘tarish: a) ularni konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yishni; b) ularni amaldagi qonunchilik hujjatlarida mustahkamlashni nazarda tutadi. Ikkinchi bosqich – qonunni amalga oshirishning har xil mexanizmlari ishga solinadi. Bu mexanizmlar yordamida qonun qoidalarini subyektiv huquqlar va yuridik majburiyatlarning muayyan mazmuniga o‘tkazish amalga oshiriladi. Bu mexanizmlar rang-barangdir, chunonchi, unga qonunni hukumat, vazirlik- lar, idoralar, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qonun osti normativ hujjatlari- da va mahalliy ahamiyatga molik boshqa normativ hujjatlarda aniqlashtirish; qonun normalarini rasmiy sharhlash, hujjatlar orqali tushuntirish; qonunni qabul qilish, qo‘llash va majburiy ijro etish taomillarini tartibga soluvchi protsessual normalar; huquq normalarini qo‘llashga doir har xil hujjatlar kiradi. Davlat organlarining huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish borasidagi faoliyati ham shu bosqichga kiradi. Yakunlovchi bosqich – huquqni bevosita amalga oshirishdan iborat. Aynan shu bosqichda huquqlar abstrakt imkoniyatdan real voqelikka aylanadi va bu huquq sohibining xohish-irodasiga ko‘ra yuz beradi, ya’ni huquqning amalga oshish-oshmasligi, agar amalga oshirilsa, bu qachon va qay darajada yuz berishi huquq subyektiga bog‘liq bo‘ladi. Dunyo davlatlarida huquqni amalga oshirish o‘z xususiyatlariga ega. Masalan, anglo-sakson huquqi mamlakatlarida huquqni amalga oshirish ja- rayoni boshqacha kechadi. Huquqiy talablarni, ya’ni tabiiy huquqni majburiy norma darajasiga ko‘tarish sud tomonidan amalga oshiriladi. Sud muayyan yuridik ishni ko‘rib chiqar ekan, yuzaga kelgan nizoning haqiqiy holatlari, taraflarning da’volarini mufassal tahlil qiladi va ularning o‘zaro huquq va majburiyatlarini aniqlab, janjalni hal qiladi. Ishni hal qilish chog‘ida presedent – o‘xshash ish bo‘yicha ilgari chiqarilgan sud qarori normativ asos sifatida maydonga chiqadi. Mazkur huquqiy tizimda huquqiy talabni amalga oshirish mexanizmi roman-german huquqiy tizimidagi shunday mexanizmga qaraganda soddaroq, chunki oldindan qonun yo‘li bilan mustahkamlab qo‘yishni taqozo etmaydi. Sudyaning o‘zboshimchaligi xavfini oshirib ko‘rsatish yaramaydi, chunki sud |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling