Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet365/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

huquqni amalga 
oshirish – davlat tomonidan yuridik mustahkamlangan va kafolatlangan im-
koniyatlarni ro‘yobga chiqarish, ularni odamlar va ularning tashkilotlari faoli-
yatida hayotga tatbiq etish demakdir. Yuridik adabiyotlarda «huquqiy normani 
amalga oshirish», «huquqni tatbiq etish», «huquqiy normalarni tatbiq etish», 
«huquqiy normani qo‘llash» kabi tushunchalar yuzasidan yakdil fikr yo‘q. Le-
kin, huquqiy normalarni tatbiq etish – huquqiy normalarni amalga oshirishni 
anglatishi aksariyat nazariyotchi olimlar tomonidan tan olinadi.
Etimologiya nuqtayi nazaridan «amalga oshirish» ma’nosini bildiradigan 
«realizatsiya» atamasi lotinchadan olingan bo‘lib, «realis» – moddiy yoki mod-
diylashtirish degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda bu so‘z ko‘proq u yoki bu 
reja, dastur va loyihalarni, maqsadlar va hokazolarni amalga oshirish yoki ular-
ni tatbiq etish ma’nosida qo‘llaniladi. Huquq mafkuraviy hodisa bo‘lib, muayyan 


364
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
imkoniyat sifatida odamlar harakatida, faol xulq-atvorida, moddiy va ma’naviy 
boyliklar, ne’matlardan foydalanishda ro‘yobga chiqadi, moddiylashadi. Ayni 
vaqtda, uni amalga oshirish yana bir ma’noga ega: boshqa imkoniyatlar(rejalar, 
dasturlar, niyatlar va sh.k.)dan farqli o‘laroq, huquq amalga oshirish imkoniyatining 
ko‘proqligi bilan tavsiflanadi, kafolatlar bilan ta’minlanadi. Tahlil qilinayotgan 
tushunchani izohlovchi yana bir holat shundan iboratki, huquq tabiiy va ijobiy, 
obyektiv va subyektiv huquqni o‘z ichiga oluvchi serqirra hodisadir. Huquqni 
amalga oshirish institutini uning serqirra mazmunini hisobga olgan holda 
talqin etilishi lozim.
«Huquqni amalga oshirish» kategoriyasi yuqoridagi mazmunga mos ke-
ladi. Darhaqiqat, huquq nomoddiy ko‘rinishga ega bo‘lsa ham, u kishilarning 
faoliyatida, faol xulqi va yurish-turishlarida, ularning moddiy va ma’naviy qadri-
yatlardan foydalanganlarida moddiylashadi. Demak, huquqni amalga oshirish – 
uning talablarini huquqiy munosabatlar ishtirokchilari faoliyatida namoyon 
bo‘lishi, uning ko‘rsatmalarini huquqiy xatti-harakatga aylantirishni anglatadi. 
Yuridik talqini va mohiyatiga ko‘ra, huquqni amalga oshirish davlat – 
hokimiyat xarakteriga ega bo‘lgan faoliyat bo‘lib, u qonunda mustahkamlan-
gan irodaga muvofiq ro‘y beradi. Uning yakuniy natijasi – qonunning talabini 
bajarish yoki undagi taqiqqa yarasha o‘z xatti-harakatlaridan tiyilish, ularni 
cheklashdan iborat bo‘ladi. 
Huquqni amalga oshirish o‘zaro ichki bog‘langan, tarkibiy qismlari bir-
birini taqozo etadigan murakkab mexanizm sifatida maydonga chiqadi. Maz-
kur mexanizm biror-bir elementining oqsashi yoki yetarli darajada ishlamasligi 
huquqni ro‘yobga chiqarish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Huquqni amalga 
oshirish natijasida inson huquq va erkinliklari muhofaza etiladi, xalqning davlat 
hokimiyatini amalga oshirishda ishtiroki ta’minlanadi, mulk (xususiy mulk) 
qo‘riqlanadi, tadbirkorlik rivojlantiriladi va qo‘llab-quvvatlanadi, ijtimoiy va 
huquq-tartibot mustahkamlanadi. Huquq amalga oshirilgan taqdirdagina shaxs 
va jamiyat uchun ma’no va ahamiyat kasb etadi. Agar huquq hayotga tatbiq 
etilmasa, u muqarrar tarzda o‘lik hodisadir. Huquq normalarining bosh vazi-
fasi shundan iboratki, ular shaxs huquqlarining mazmunini aniqlashga yordam 
beradi va shu tariqa uni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. 
O‘z tabiati, mantig‘i jihatidan huquqni amalga oshirish – zamon va ma-
konda yuz beruvchi murakkab jarayon. Unda nafaqat taraflar, subyektiv huquq 
va majburiyatlarning egalari, balki davlat o‘zining huquq ijodkorligi, huquqni 
ijro etuvchi, huquqni qo‘llovchi organlari orqali ishtirok etadi. Huquqni amalga 
oshirish, huquqni hayotga tatbiq etish jarayoni sifatida, 
birinchidan, huquqni 
amalga oshirishning yuridik mexanizmlarini, 
ikkinchidan, huquqni bevosita 
amalga oshirishning shakllarini o‘z ichiga oladi. Huquqni amalga oshirishning 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling