Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet362/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

360
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
ijtimoiy ongi sud hokimiyatini e’tirof etishi, unga ko‘nikishi lozim. Sud hokimi-
yati davlatning muayyan sudlov siyosatini shakllantiradi va ro‘yobga chiqaradi. 
Sudlov siyosatining asoslari qonunda o‘z aksini topadi va sud muassasalari 
faoliyati orqali hayotga tatbiq etiladi. 
O‘zbekistonda mustaqil, adolatli sud hokimiyatini qaror toptirish davlat 
siyosatining ustuvor yo‘nalishidir. Endigi islohotlarning bosh vazifasi sudni 
adolat va haqiqat posboniga aylantirishdan iborat. Pirovardida sudga munosabat 
tubdan o‘zgarib, unga hurmat shakllanishi lozim. Buning uchun sud organlari 
faoliyatining huquqiy asoslarini qadam-baqadam takomillashtirib borish zarur. 
Mazkur huquqiy asos sud va sudyalarning hokimiyatning boshqa barcha tar-
moqlaridan haqiqiy mustaqilligini, sud qarorlarini qabul qilishda ularning faqat 
qonunga bo‘ysunishini ta’minlashi lozim. Bu huquqiy asos demokratizmni, 
xolislikni, sudning hammabop bo‘lishini, sudning himoya doirasi kengayishini 
ta’minlashi lozim. 
Mamlakatimizda sud islohotlarini jiddiy jonlantirishda, uni yangicha yon-
dashuvlar asosidagi yangi bosqichga ko‘tarishda «O‘zbekiston Respublikasini 
2017–2021-yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» alo-
hida o‘rin tutadi. Mazkur Strategiyaning ikkinchi ustuvor yo‘nalishi «Qonun 
ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish» deb nomlan-
gan. Unda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sud tizimini 
demokratlashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya 
qilishni kafolatlash, sud faoliyatiga oid qonunchilikni takomillashtirish, sud-huquq 
tizimida qonuniylikni mustahkamlash kabi muhim masalalar belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi «Sud-
huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»ga 
va 2017-yil 21-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini 
tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi farmonlari mamlakatimiz sud tizimini izchil demokratiyalash, sud 
hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, fuqarolarning huquq, erkinlik va qo-
nuniy manfaatlarining ishonchli sud himoyasini kafolatlash borasida katta qa-
dam bo‘ldi. Ushbu farmonlar tufayli sud tizimida jiddiy tub islohiy o‘zgarishlar 
yuz berdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi yagona oliy sud organiga aylandi
xo‘jalik sudlari va harbiy sudlar tugatildi; iqtisodiy va ma’muriy sudlar tashkil 
etildi; Sudyalar oliy kengashi tuzildi, u sudyalik lavozimiga tanlash va tayin-
lash vakolatlariga ega bo‘ldi; sudyalik lavozimiga tayinlash (saylash) birinchi 
marotaba besh yil muddatga va keyin o‘n yilga, shundan so‘ng muddatsiz 
davrga deb belgilandi. Yuqoridagi masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respub-
likasi Konstitutsiyasiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling