Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Huquqiy islohotni bilimdon va malakali kadrlar bilan ta’min-


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet360/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquqiy islohotni bilimdon va malakali kadrlar bilan ta’min-
lashning mukammal tizimini tashkil qilish. Huquqshunos-yuristlar tay-
yorlash va ularning malakasini oshirish; huquqshunoslik fanini rivojlantirish 
va ilmiy tavsiyalarni huquqiy islohot manfaatlariga, uning samarasini oshirishga 
xizmat qilishga yo‘naltirish o‘ta muhim vazifalardan biridir. Hozirgi payt-
da Adliya vazirligi qoshida sudyalar va adliya idoralari xodimlarining ma-
lakasini oshirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzurida 
prokuror va tergov xodimlarining malakasini oshirish Oliy kurslari faoliyat 
ko‘rsatmoqda; Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida rahbar xodimlarning ma-
lakasini oshirish fakulteti ish olib bormoqda. Bu borada ta’lim va malaka 
oshirishning uzluksizligi hamda muntazamligi ta’minlanishiga katta e’tibor 
berilmoqda.
Mamlakatda davlat qurilishini erkinlashtirishga, boshqaruv tizimini de-
mokratlashtirish hamda uning oqilona shakllarini ishlab chiqishga, davlatning 
markaziy organlari funksiyalarini mahalliy va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqa-
rish organlariga o‘tkazishga yo‘naltirilgan ma’muriy islohotlar ham huquqiy 
islohotlarning muhim bo‘g‘inidir.
Aholining keng qatlamlari ichida huquqiy umumta’limni joriy 
etish. Milliy istiqlol ruhi bilan sug‘orilgan huquqiy mafkurani va huquqiy 
madaniyatni shakllantirish fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim shartidir. 
1997-yil avgustidan boshlab mamlakatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj-
lisi qabul qilgan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» 
hayotga joriy etilmoqda. Respublikada huquqiy targ‘ibot markazlari faol ishlab
aholi huquqiy madaniyatini oshirishga sezilarli hissa qo‘shmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning quyidagi 
so‘zlari muhim: «20 yil avval bu borada qabul qilingan Milliy dasturni yangi-
dan ishlab chiqishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Parlamentimiz jamiyatda 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling