Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqiy madaniyat darajasi
- Sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, odil sudlovni de- mokratlashtirish, sud-huquqiy islohotini amalga oshirish.
359
XVI bob. Huquqiy tizim va huquqiy islohot huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha yangi Milliy dasturni yaratishda bosh-qosh bo‘lishi maqsadga muvofiq» 1 . Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni muvaffaqiyat bilan hayot- ga tatbiq etish yangicha huquqiy ong, huquqiy madaniyatni shakllantirish bilan ko‘p jihatdan bog‘liq. Huquqiy madaniyatni ijtimoiy ongga singdirish hamda aholining yurish-turishi hamda fe’l-atvorida tegishli ko‘nikmalarni shakllan- tirish jo‘ngina uddalanadigan ish emas. Huquqiy madaniyatni shakllantirish barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, nodavlat tash- kilotlar, mahalla jamoalari, maktab, oila, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining bahamjihat, maqsadga yo‘naltirilgan ulkan ma’rifiy-tashkiliy faoliyati natijasida amalga oshadigan ishdir. Huquqiy madaniyat darajasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ularning bajarilish saviyasi va samarasi bilan belgilanishi yaxshi ma’lum. Bozor iqtisodiyoti sari borayotgan yo‘limiz biz uchun huquqiy tarbiya mak- tabi bo‘lmog‘i darkor. Binobarin, bundan kelib chiqadigan muhim saboq shu- ki, qonunga amal qilgan holda yashash va mehnat qilishni o‘rganishimiz, o‘z huquq va erkinliklarimizni qonun orqali himoyalashni, o‘z majburiyatlarimizni og‘ishmay bajarishni o‘rganib olishimiz kerak. Boshqa odamlarning huquqlari, erikinliklari va manfaatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni o‘rganib olish lozim. Sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, odil sudlovni de- mokratlashtirish, sud-huquqiy islohotini amalga oshirish. Sud islohoti huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati umumiy shakllanish jarayonining ajralmas zaruriy tarkibiy qismidir. Sud-huquqiy islohoti mamlakatda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlari bilan teng, mustaqil kuchli sud hokimiyatini vujudga keltirishning muhim omilidir. Sud hokimiyati – uch hokimiyatning biri, uning yuksak nufuzli huquqiy holati jamiyat va davlat hayotida inson huquqlari, demokratiya va qonuniylik barqaror bo‘lishining asosiy shartidir. Zero, sud hokimiyatining vazifasi – fuqa- rolarning huquq va erkinliklarini, mamlakat konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligini ta’minlash, qonunlarni va boshqa normativ hujjatlarni ijro etish va qo‘llashda qonuniylik hamda adolat uchun kurashishdan iborat. Mustaqil O‘zbekistonda davlat hokimiyatining taqsimlanishi real joriy etilishi bilan chinakam tom ma’nodagi sud hokimiyatining qaror topishiga yo‘l ochildi. Bu o‘rinda o‘ta muhim narsa – sudning davlat hokimiyatining bir bo‘g‘ini sifatida tegishli qat’iy vakolatlar sohibi ekanligini tan olishdir. Jamiyat 1 Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq fаrоvоnligining gаrоvi. – T.: «O‘zbekiston», 2017. – 10-bеt. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling