Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
361
XVI bob. Huquqiy tizim va huquqiy islohot Yuqorida bayon etilgan barcha ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va tashkiliy chora- tadbirlar jamiyatimizda sudning yuksak nufuzini ta’minlashga, uning samarali faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgan. Mustaqil, xo- lis, demokratik sud tizimini vujudga keltirish pirovardida inson manfaatlariga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatli muhofaza etishga xizmat qiladi. Shunday qilib, huquqiy tizim sohasidagi islohotlar, demokratlashtirish va liberallashtirish choralari, katta mas’uliyat talab etadi. Islohotlar huquqiy tizim tarkibiga kiruvchi barcha bo‘g‘inlarni qamrab oladi. Demak, har bir bo‘g‘inda ro‘y berayotgan o‘zgarish va jarayonlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Huquqiy islohotlarga keng qamrovli va kompleks yondashish lozim. Ana shundagina islohiy kuch-g‘ayratimiz va ijodiy faoliyatimiz ijobiy samaralar berishiga umid bog‘lash mumkin 1 . 1 Qаrаng: Оdilqоriyev H.T. Kоnstitutsiya vа fuqаrоlik jаmiyati. – T., 2002. – 137-bet. 362 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Huquqning asl qadr-qimmati, ijtimoiy ahamiyati uning kishilar ongi-irodasiga ta’sir etish orqali insonlar o‘rtasidagi munosabat- larni tartibga sola olish salohiyatida namo- yon bo‘ladi. Gap huquqning real hayotga joriy qilinishi, ya’ni uning harakatlanishi xu- susida bormoqda. Huquqning harakatlanishi, amal qilishi uning funksional holati ifodasi- dir. Huquqning jamiyat hayotida o‘z amalini topib, ijtimoiy munosabatlarning mazmuniga singishi, ularni me’yoriy tartibga solishda ifodalanadigan ijtimoiy manfaatli vazifani bajarishi uning funksional jihatini tashkil etadi. Huquqning harakatlanishidan muayyan ijobiy samara kutiladi. Buning uchun huquq amal- ga oshirilishi, hayotga tatbiq etilishi lozim. Huquq normalari bevosita hayotga, turmush amaliyotiga joriy etilgan taqdirdagina jamiyat, inson va davlat uchun foydali hamda manfaatli bo‘lishi mumkin. Huquq qanchalik sobitlik bilan, izchil amalga oshirilsa, ijtimoiy munosabatlar shunchalik samarali tartibga solinishiga erishiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan ma’qullangan «2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da belgilangan besh ustuvor yo‘nalishdagi muhim vazi- falarni muvaffaqiyatli bajarish uchun amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyotini va ilg‘or xorijiy tajribani chuqur tahlil etish asosida ish tutish e’tiborga molik jihatdir 1 . Ushbu g‘oya davlat boshlig‘i Sh. Mirziyoevning ma’ruzalarida yanada aniq ifoda etilgan: «Konstitutsiyamizda belgilangan qo- nun ustuvorligi prinsipi jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim kafolatidir... Asosiy masala – qonunlarning... ijrosini to‘g‘ri tashkil etish hamda qonun talablariga qat’iy amal qilishni ta’minlashdan iboratdir» 2 . 1 O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining O‘zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish bo‘yichа Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to‘g‘risidаgi fаrmоni. – T., 2017. – 4-bеt. 2 Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq fаrоvоnligining gаrоvi. – T.: «O‘zbekiston», 2017. – 8–9-bеtlаr. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling