Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
356
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi 2014-yil 16-apreldagi Qonun bilan Asosiy qonunimizning 32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bunda jamoatchilik va parlament nazorati institutlari, mahalliy vakillik hokimiyati organlarida ma- halliy hokimlarning hisobotini tinglash masalalari konstitutsiyaviy darajada belgilandi. Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi doimiy ishlovchi konsti- tutsiyaviy organga aylantirildi. Prezident tashabbusi bilan 2017-yil 28-martda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80, 81, 83, 93, 107, 110, 112-moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bunga muvofiq, Oliy xo‘jalik sudi sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirildi. Sud tizimida xo‘jalik sudlari tugatilib, ayni vaqtda iqtisodiy va ma’muriy sudlar tuzildi. Sudyalar korpusini shakllantirish ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi 1 . Bozor iqtisodiyoti talablarini inobatga olib yuridik texnika qoidalariga rioya etgan holda qonunchilikni sistemalashtirish, ayniqsa kodeks- lashtirish. Hozirga qadar Mehnat kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, Yer kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Oila kodeksi, Jinoyat kodeksi va boshqa kodekslar qabul qilindi. Biroq, barcha kodekslarimiz va joriy qonunlarimiz bozor munosabatlariga to‘la moslashtirib bo‘lindi, deyishga hali erta. Bu boradagi xalqaro tajribani puxta o‘rganish va o‘z milliy xususiyatlarimizni, huquqiy qadriyatlarimizni e’tiborga olgan holda qonunlarimizni yanada takomillashtirish zarur bo‘ladi. Qonunchilikni sistemalashtirish bilan bir vaqtda qonunosti normativ-huquqiy hujjatlarning iyerarxiyasida mutanosiblik va batartiblikni ta’minlash lozim. Idoraviy nor- mativ-huquqiy hujjatlarning qonunga mosligini ta’minlash sohasidagi ishlarni davom ettirish o‘rinlidir. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling