Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy hayotning hamma sohalarida qonunning ustuvorligini ta’minlash.
354
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi kama qilinishi, fraksiyalar ushbu masalalarda prinsipial pozitsiyasini namoyon etishi shart» 1 . Davlatimiz boshlig‘i ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, Oliy Majlis huzurida Qonunchilik muammolarini o‘rganish institutini tashkil etishni taklif etdi 2 . Ijtimoiy hayotning hamma sohalarida qonunning ustuvorligini ta’minlash. Qonunning mazmuni xalqchil, insonparvar, demokratik va adolatli bo‘lishiga erishish, uning sifatini muttasil yaxshilab borish hamisha o‘z dolzarbligini saqlab qolayotgan mavzudir. Mazkur yo‘nalishda, avvalo: – amaldagi qonunlarni inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarga mos- lashtirish bo‘yicha muntazam ishni yo‘lga qo‘yish va shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi insti- tuti faoliyatini yanada faollashtirish lozim; – qabul qilingan va endi yaratiladigan qonunlar mazmunini «Qonun bilan taqiqlanmagan hamma narsaga ruxsat etiladi» (fuqarolar uchun) va «Qonunda belgilangan narsalargagina ruxsat etiladi» (davlat organlari va mansabdor shaxslar uchun) prinsiplari asosida qayta ko‘rib chiqish kerak; – inson huquqlari va erkinliklari ustuvor ta’minlanishi prinsipidan kelib chiqib, qonunchilik mazmunidagi etatizmdan voz kechish va inson manfaatla- rini yoqlovchi huquqiy tartibga solish mexanizmini joriy etishga bosqichma- bosqich o‘tish; – Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlashning yuridik, tashkiliy, ma’naviy-axloqiy mexanizmlarini vujudga keltirish. «Qonunning us- tuvorligi bizning islohotlar modelimizdagi yetakchi tamoyildir. U huquqiy dav- latning asosiy mezonlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi» 3 ; – Konstitutsiya va qonunlarning amal qilish mexanizmini va ularni aniq hamda og‘ishmay qo‘llash amaliyotini joriy etish lozim. Konstitutsiyaviy islohotlar – huquqiy islohotlarning markaziy bo‘g‘ini. Jamiyat ehtiyojlari va taraqqiyot manfaatlariga mos tarzda Konstitutsiyaning takomillashtirilishi mamlakat konstitutsiyaviy tuzumini, siyosiy tizimni barqa- rorlashtirish garovi hisoblanadi. O‘zbekistonda amalga oshayotgan konstitutsi- yaviy mazmundagi muhim o‘zgarishlar pirovardida Konstitutsiyaning o‘zini ham takomillashtirishga sabab bo‘lmoqda. Masalan, 2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida mamlakatda ikki palatali parlament tuzish g‘oyasi yoqlab ovoz berildi. Shu asosda 2002-yil 4-aprelda «Referendum yakunlari va davlat hokimiyatini tashkil qilishning asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi 1 Хаlq so‘zi, 2017-yil 13-iyul. 2 Хаlq so‘zi, 2017-yil 13-iyul. 3 Qаrаng: Islоm Kаrimоv Kоnstitutsiya to‘g‘risidа. – 417-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling