Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Huquqiy islohot»
351
XVI bob. Huquqiy tizim va huquqiy islohot 11000 ga yaqin Vazirlar Mahkamasi qarorlari, 2700 dan ortiq vazirliklar va davlat qo‘mitalarining normativ hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlardir. «Harakatlar strategiyasi» amalga oshirila boshlangach, 2017-yilning bi- rinchi yarim yilida besh ustuvor yo‘nalishda amaliy faoliyatni ta’minlash doira- sida 20 dan ortiq qonunlar, Prezidentning 180 dan ortiq farmon va 450 dan ziyod qarorlari qabul qilinib, faol qo‘llana boshlandi 1 . «Huquqiy islohot» iborasi o‘z mazmuniga jamiyat huquqiy tizimini isloh qilish, uni demokratik yangilash va ma’rifiy dunyo qadriyatlari hamda umume’tirof etilgan prinsiplar asosida takomillashtirish degan ma’noni qam- rab oladi. Ma’lumki «islohot» tushunchasi lotincha «Reformo» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zgartirish, tuzatish, qayta tashkil etish ma’nosini anglatadi. Shundan kelib chiqib ta’rif beriladigan bo‘lsa, huquqiy tizimni isloh qilish deganda, jamiyat- ning zamonaviy talab va ehtiyojlari asosida huquqiy hayotni (huquqiy voqelikni) o‘zgartirish, yangilash, modernizatsiya qilish tushuniladi. Ushbu islohot huquqiy tizimni tashkil etuvchi barcha elementlarni yangilash va takomillashtirish jarayonlarini ifoda etadi. Mustaqillik davrida O‘zbekiston Respublikasining o‘z huquqiy tizimi qa- ror topdi. U vujudga kelish, shakllanish va takomillashish jarayonlarini «boshi- dan» kechirmoqda. Aytish joizki, huquqiy tizimning tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi barcha huquqiy institut va hodisalar birdek yuksak maromda rivoj topayotgani yo‘q. Ayrim elementlar masalan, qonunchilik jadal rivojlanayotgan bo‘lsa, boshqa elementlar sustroq rivojlanmoqda yoki hali eski shakl va qoliplar- dan to‘la xalos bo‘la olgani yo‘q, xususan, huquqiy ong, huquqiy madaniyat va hokazo. Bu esa huquqiy tizimning barcha tarkibiy elementlari tubdan isloh etilishi, davr talablariga moslashtirilishi lozimligini anglatadi. Huquqiy tizim- ning tarkibiy bo‘g‘inlarini inobatga olgan holda huquqiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari quyidagicha talqin etilishi mumkin: Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling