Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet351/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquqiy 
islohotlarning 
asosiy yo‘nalishlari
3-§.


350
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh 
qilish;
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
4. Ijtimoiy sohalarni rivojlantirish;
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, 
chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish
1

Yurtimizda ochiq va odil demokratik jamiyatni barpo etish, bozor mu-
nosabatlarini vujudga keltirish xalqaro e’tirof etilgan konstitutsiyaviy hamda 
huquqiy asoslarda amalga oshirilmoqda. Bu asoslar iqtisodiyotni isloh qilish
uning keng qo‘lamda jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi uchun kuchli 
huquqiy kafolatlar va shart-sharoitlarni ta’minlab beradi. Konstitutsiya va mus-
taqillik yillari mobaynida qabul qilingan fundamental qonunlar hayotimizning 
barcha jabhalarini demokratlashtirishning, jamiyatni tubdan yangilash, uni 
modernizatsiya qilishning qudratli kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda.
Demokratik jamiyat, bozor iqtisodiyoti sari boshlangan sa’y-harakatning 
ortga qaytmasligi va barqarorligi uning huquqiy asoslarini mukammal tarzda 
shakllantirishga bevosita bog‘liqdir. «Mustahkam huquqiy asos bo‘lgandagina, 
o‘z umrini yashab bo‘lgan tuzumni to‘la ishonch bilan qayta qurish, rivojlan-
gan yuqori samarali bozor iqtisodiyotiga ega yangi jamiyatni qurish mumkin 
bo‘ladi»
2
.
Yuqoridagi mulohazalar islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashning 
zarurligi va ahamiyatini to‘la tasdiqlaydi. Shunga ko‘ra, qabul qilingan qonun-
lar va huquqiy normalarni uch yo‘nalishda guruhlashtirish mumkin:
– siyosiy islohotlarni, davlat qurilishiga oid faoliyatni huquqiy ta’minlash;
– iqtisodiy islohotlarni huquqiy ta’minlash;
– sud-huquqiy tizim sohasidagi islohotlarni, shuningdek huquqni muho-
faza qilish organlari faoliyatini isloh qilishni huquqiy ta’minlash. 
Boshqacha aytganda
islohotlarni huquqiy ta’minlash deganda, barpo 
etilayotgan demokratik davlatchilik qurilishini, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni, 
mustaqil sud hokimiyati qaror topishi hamda inson huquqlari va erkinliklarini 
ro‘yobga chiqarish mexanizmini huquqiy rasmiylashtirish nazarda tutiladi.
Bugungi sharoitda mamlakatda islohotlarning mustahkam huquqiy ba-
zasi vujudga keltirildi. Bular – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
huquqning asosiy sohalari manbayi bo‘lmish 16 ta kodeks, 850 dan ziyod 
qonunlar, 5000 ga yaqin Prezident farmonlari va 1500 dan ziyod qarorlari, 

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining fаrmоni. O‘zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish 
bo‘yichа Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to‘g‘risidа / Rаsmiy nаshr / – T.: «Аdоlаt», 2017. – 31-bеt.

Islоm Kаrimоv Kоnstitutsiya to‘g‘risidа. – T., 2001. – 116–117-betlar.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling