Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Huquqiy tizimni liberallashtirish (erkinlashtirish)
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Huquqiy tizimni liberallashtirish (erkinlashtirish).
Bugungi kunda butun dunyo miqyosida huquqqa va u bilan bog‘liq barcha hodisalarga baho berishda «liberitar» (ya’ni, huquqqa erkinlikni ta’minlash vositasi sifatida qarash) yondashuv ustuvor mavqeni egallamoqda. Bu konsep- siyaga asosan huquq – avvalambor erkinlik, adolat va tenglik mezoni, ularni ta’minlash vositasi, aholi xavfsizligi hamda har bir fuqaroning mulkiy mustaqilligi (daxlsizligi)ni ta’minlovchi normativ tizimdir. Mazkur doktrina ikki asosiy jihat bilan ta’riflanadi. Birinchisi, shaxs erkinligi va uning ijtimoiy-siyosiy hayotini erkinlashtirish (liberallashtirish) bo‘lsa, ikkinchisi – ijtimoiy adolat prinsipning ustuvorligini ta’minlash, uni jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalariga singdirishdan iborat. 1 Хаlq so‘zi, 2017-yil 10-аvgust. 352 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Respublikamizning mustaqillikka erishishi ijtimoiy-huquqiy vaziyatni tub- dan o‘zgartirib yubordi. Qonunchilik mohiyat e’tibori bilan tubdan o‘zgardi, bu- tun huquqiy tizimni liberallashtirish sari yo‘l olindi, ayniqsa, jinoyatchilik- ka qarshi kurash siyosati esa, liberallashtirish va insonparvarlikka yuz tutdi. Biroq, totalitar tuzumning qoldiqlari va ayrim andozalaridan birdaniga qutulishining iloji yo‘qligini nazardan qochirmaslik lozim. Ma’lumki, bu maqsadga faqatgina barcha uzviy bog‘liq masalalarning kompleks tarzda hal qilinishi orqali erishish mumkin. Birinchidan, davlatning jinoiy-huquqiy siyosatining qonuniy zaminini yaratish borasida amaldagi qonunlarga jinoyatchilikka qarshi kurash siyosatining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi zaruriy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ikkinchidan, jinoyat yustitsiyasining barcha tizimlarini qayta tash- kil qilish va takomillashtirish, uning ochiqligi hamda oshkoraligini ta’minlash borasida faoliyat olib borilmoqda. Uchinchidan, aholining, shu jumladan, huquqni muhofza qiluvchi organ- lar xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyat- ning to‘g‘ri yo‘ldan adashgan a’zolariga nisbatan yuksak ma’rifiy, insonpar- varlik munosabatini shakllantirish, jinoyatga oid ko‘rsatma bergan odamlarni ta’qib qilmay, aksincha, ularga yordam berish, ularning qonuniy muhofaza- sini ta’minlash, aybsizlik prezumpsiyasi prinsipini to‘la joriy etish choralarini ko‘rish va boshqalar. Jinoiy-huquqiy siyosatni erkinlashtirish shaxs erki va huquqlarini ustu- vor qadriyat sifatida baholashni belgilab berdi. Darhaqiqat, jinoyatchilikka qar- shi kurash siyosatining har qanday yo‘nalishi maqsad-mazmunida inson va uning manfaatlariga e’tibor mavjud. Mazkur siyosatning asosiy maqsadi – butun jamiyatning, xususan, har bir insonning tinch va osoyishta hayotini ta’minlashdan iborat. Liberallashtirish tendensiyasi huquqiy tizimning barcha elementlarini, shuningdek huquqning va qonunchilikning barcha sohalarini qamrab olayot- ganligi mantiqiy holdir. Fikrimizni dalillash uchun quyidagi misollar kifoya qiladi: 1995-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va 1995–1996-yillarda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Fuqaro- lik kodeksi, 1998-yilda kuchga kiritilgan Oila kodeksi va boshqa salmoqli so- haviy qonunlar xalqaro huquqiy standartlarga mos holda, shuningdek inson huquqlarini to‘la – to‘kis ta’minlashga yo‘naltirilgan demokratiya, insonparvar- lik hamda adolat prinsiplariga, tayanib ishlab chiqildi va qabul qilindi. Mehnat munosabatlari sohasida ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi shartnoma mu- nosabatlarining erkinlashuvi, fuqarolik qonunchiligida shartnomaga kirishuv- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling