Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Huquqni amalga
oshirish usullari va shakllari 2-§. 367 XVII bob. Huquqning harakatlanishi va uni amalga oshirish Normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan qoidalarni qo‘llanish darajasiga ko‘ra, huquqni amalga oshirishning to‘rt xil shakli farqlanadi: 1) huquqiy munosabatlar ishtirokchilari uchun umumiy vazifalar va prin- siplar o‘z ifodasini topgan qonunlarning muqaddimalarida ko‘zda tutilgan ta- lablarni ro‘yobga chiqarish; 2) huquq subyektlarining huquqiy maqomi hamda vakolatlari doirasini o‘rnatuvchi umumiy normalarni tatbiq etish; 3) muayyan huquqiy munosabatlarga tegishli bo‘lgan huquqiy normalarni joriy etish; 4) huquq normasini vakolatli davlat organlari tomonidan hokimona tarzda qo‘llash. Huquqni amalga oshirish huquqiy munosabatlar subyektlari doirasiga ko‘ra ham tasniflanadi. Huquqni amalga oshirishda ishtirokchilarning juda ko‘p guruhi qamrab olinadi. Huquqni amalga oshirish subyektlariga ko‘ra, individual va jamoa tomonidan huquqni tatbiq etish farqlanadi. Huquq normalarining ishtirokchilar xulq-atvorida mujassamlanishi uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning muayyan darajadagi amaliy faoliyati talab qili- nadi. Huquq normalari kishilarning muayyan munosabatlariga nisbatan tatbiq qilinadi va shunga ko‘ra muayyan huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki to‘xtashi sodir bo‘ladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublika- sida huquqni amalga oshirishda O‘zbekiston xalqi, milliy davlat tuzilishi bilan bog‘liq munosabatlarda – millatlar va elatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat organlari, O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari, jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar ishtirok etadi. Huquqiy tartibga solish pirovard natijada ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining huquqda o‘z ifodasini topgan talablar va imkoniyatlar mujassamlashuvchi xulq-atvorida namoyon bo‘ladi. Huquqni amalga oshiruvchi subyektlar faoliyati xususiyatiga ko‘ra, huquqni amalga oshirishning uch xil shaklini ko‘rsatish mumkin – huquq normasiga rioya qilish, huquq normasini bajarish va huquq normasidan foydalanish: Birinchi shakl – huquq normasi talablariga rioya etish. Bu yerda taqiqlovchi va muhofaza qiluvchi normalar amalga oshadi. Rioya etish amalga oshirishning bir shakli bo‘lib, u subyektlarning yuridik taqiqlarga mos ravishda ish ko‘rishida ifodalanadi. Bu shaklga subyektlarning passiv xulq-atvori xosdir. Ular yuridik normalar bilan man etilgan harakatlarni bajarmaydi, ya’ni o‘zlariga yuklangan passiv majburiyatlarni bajaradilar. Muhofaza qiluvchi normalarning barchasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmasa-da, norma ma’nosidan mantiqan kelib chiquvchi taqiq ifodalanadi: agar biron-bir harakat uchun norma sanksiyasida yuridik javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan ravshanki, bunday ha- rakatni qonun chiqaruvchi organ man etgan. Masalan, bunday taqiqlar Jinoyat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling