Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet367/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

366
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
qarori ustidan yuqori sudga shikoyat berish imkoniyati doimo mavjud bo‘ladi. 
Masalan, anglo-sakson huquqi vujudga kelgan Angliyada oliy sud instansiyasi 
vazifasini Angliya Parlamentining yuqori palatasi – Lordlar palatasi bajaradi. 
Shunday qilib, huquqni amalga oshirish nimaligini tushunish uchun quyi-
dagilarni anglab olish kerak: huquqni tatbiq etishdan amalda subyektiv huquqqa 
ega bo‘lgan shaxs, ya’ni huquq subyektigina manfaatdordir. Boshqa barcha 
shaxslar – majburiyat olgan taraf, huquqni qo‘llovchi, qonun chiqaruvchi organ 
pirovard natijada vakolatli shaxs manfaatlarini ko‘zlab ish ko‘radi. Ko‘rsatilgan 
shaxslar va organlar faoliyati, bu faoliyatni tartibga soluvchi yuridik norma-
lar jamuljam holda huquqni amalga oshirishning murakkab va ko‘p jihatli 
mexanizmini tashkil etadi. Binobarin, huquqni amalga oshish-oshmasligi masala-
sining yechimi bu huquq sohibiga bog‘liq bo‘ladi. Huquqni amalga oshirish 
mexanizmi faqat uning xohish-irodasiga ko‘ra ishga solinishi mumkin. Mazkur 
mexanizmning mavjudligi, uning sifatli va samarali ishlashga qodirligi muhim-
dir. Subyektiv huquqni himoya qilish mexanizmlari, ya’ni yuridik javobgarlik 
mexanizmlari huquqni amalga oshirishning tarkibiy qismi hisoblanadi. Himoya 
qilish jarayonida huquq tiklanadi va yana uni amalga oshirish imkoniyati paydo 
bo‘ladi. Yuridik javobgarlik subyektiv huquqlarni g‘ayriqonuniy tajovuzlardan 
muhofaza qilishni muayyan darajada ta’minlaydi va shu tariqa ularni amalga 
oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratadi.
 
Avval ta’kidlanganidek, huquqni amal-
ga oshirish murakkab jarayon bo‘lib, ma’lum 
muddat mobaynida bosqichma-bosqich amal-
ga oshiriladi. Bu jarayonda subyektiv huquq 
va majburiyat sohiblari bo‘lgan shaxslar bilan bir qatorda, davlat ham o‘zining 
huquq ijod qiluvchi, huquqni ijro etuvchi, huquqni qo‘llovchi organlari orqali 
ishtirok etadi. Huquqni amalga oshirish jarayoni huquqni hayotga joriy etish 
usullari va shakllarining uyg‘unligidir. Ma’lumki, huquq normalari – bu gi-
poteza, dispozitsiya va sanksiyalarning birligi hisoblanib, uning mazmuni 
amalga oshirishning ikki darajasi yoki usulini talab etadi: 
birinchisi, normal 
tatbiq etish – huquqiy xatti-harakatda dispozitsiyani ro‘yobga chiqarish; 
ik-
kinchisi, huquqbuzarga, davlat hokimiyati tomonidan majburiy xulq-atvor 
chorasini qo‘llash orqali sanksiyani tatbiq etish.
Huquqni ijobiy, risoladagidek amalga oshirish usullaridan biri – huquqiy 
xatti-harakat hisoblanadi. Bu huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining huquq 
normalariga mos keladigan, yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan, ijtimoiy 
foydali ahamiyatga ega bo‘lgan, ongli ravishdagi xulq-atvoridir.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling