Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet374/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquqni qo‘llash 
jarayoni va 
subyektlari
4-§.


373
XVII bob.
 Huquqning harakatlanishi 
va uni amalga oshirish
ajratib ko‘rsatiladi: 
birinchisi, ishning faktik tomonini aniqlash; ikkinchisi, 
ko‘rilayotgan yuridik ishga mos keladigan huquq normasini tanlab olish; 
uchin-
chisi, ishni mazmuni bo‘yicha hal etish, ya’ni huquqni qo‘llash aktini chiqarish
1
.
Bundan tashqari huquqni qo‘llashning mustaqil bosqichlari sifatida 
quyidagilar e’tirof etiladi: a) ishning holatlarini aniqlash va tadqiq etish; 
b) huquq normasini qonuniylik, zamon, makon hamda shaxslar bo‘yicha amal 
qilishi nuqtayi nazaridan tanlash va tahlil etish; d) huquq normasi mazmunini 
tahlil etish va qaror qabul qilish (yakka tartibdagi hujjat chiqarish); e) qabul 
qilingan qaror mazmunini manfaatdor davlat organlari, jamoat tashkilotlari va 
mansabdor shaxslarga yetkazish
2
.
Huquqni qo‘llash bosqichlarining soni jiddiy ahamiyatga ega emas. Muhi-
mi, huquqni qo‘llashning mazmun va mohiyatini ochib berishdan iboratdir. 
Huquqni qo‘llash bosqichlarining har biri qonunchilik talablariga javob beruv-
chi ma’lum fakt va yuridik harakatlarning sodir bo‘lishi bilan bog‘liq. 
Huquq normalarini qo‘llash bosqichlari quyidagilardan iborat:
– huquq normasining qo‘llanishini talab qiluvchi ishning faktik tomonini 
tahlil etish;
– ko‘rilayotgan ishga mos keladigan huquq normasini tanlab olish, uning 
mazmunini aniqlash va sharhlash;
– huquqni qo‘llash aktini chiqarish va uning bajarilishini ta’minlash cho-
ra-tadbirlarini ko‘rish;
– qo‘llanish aktining amalda bajarilishini tekshirish va uning ustidan 
nazorat o‘rnatish.
Bu harakatlarning hammasi qonunchilik talablari asosida vakolatli davlat 
organlari, mansabdor shaxslar yoki jamoat tashkilotlari tomonidan ularning 
vakolatlari doirasida olib borilish lozim.
Huquq normalarini qo‘llanish jarayoni quyidagi bosqichlar orqali namoyon 
bo‘ladi:

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling