Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqni qo‘llash – huquqni amalga oshirish shakli sifatida 3-§.
huquqni qo‘llash – vakolatli organlar va shaxslarning
yuridik ish bo‘yicha yuridik faktlar va muayyan huquqiy normalar asosida alo- hida qarorni tayyorlash va qabul qilish borasidagi hokimiyat mazmuniga ega bo‘lgan faoliyatidir. O‘z ahamiyatiga ko‘ra huquqni qo‘llash huquqiy tartibga solishning huquq ijodkorligi- dan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi muhim institutdir. Qonunda belgilangan maxsus tarzda chiqariladigan qarorlar yuridik norma- larni hayotga tatbiq etishni ta’minlovchi, ularni o‘z hukmi bilan mustahkamlov- chi yuridik kuchga ega va xulq-atvorning qonuniy vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Huquqni qo‘llash quyidagi xususiyat va belgilarga ega: 1) davlat hokimiyatini amalga oshirish vakolati berilgan organlar yoki mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi; 2) individual xususiyatga ega bo‘ladi; 3) muayyan huquqiy oqibatlar – subyektiv huquqlar, majburiyatlar, javob- garlikni keltirib chiqaradi; 4) maxsus belgilangan protsessual shakllarda amalga oshiriladi; 5) yuridik ahamiyatli alohida qaror chiqarish yo‘li bilan yakunlanadi. Huquqni qo‘llash huquqni amalga oshirishning bosh funksiyasi – huquqiy tartibga solish jarayonida davlat majburlovidan foydalangan holda yuridik ta’minlash faoliyatining zarurligini ifodalaydi. Huquqni qo‘llash bo‘yicha max- sus faoliyatga bo‘lgan ehtiyoj asosan davlat majburlovidan foydalanish zaru- rati bilan belgilanadi. Huquq sohasida davlat majburlovi qonuniylik rejimi sha- Huquqni qo‘llash – huquqni amalga oshirish shakli sifatida 3-§. 371 XVII bob. Huquqning harakatlanishi va uni amalga oshirish roitida o‘z-o‘zidan amalga kiritilmaydi. Huquq normalari davlat majburlovini qo‘llash imkoniyatinigina nazarda tutadi. Amalda u vakolatli organlar tomoni- dan qo‘llanilishi lozim. Bu organlar davlat majburlov choralaridan foydalanishning qonuniyligi, o‘rinliligi va maqsadga muvofiqligini tekshirishlari, zarur hollarda qonunda nazarda tutilgan doirada ularni muayyanlashtirishlari, ularni qo‘llash tartibini belgilashlari, ya’ni individual-huquqiy tartibga solishni amalga oshirishlari shart. Shuningdek, huquqni qo‘llash huquqiy tartibga solish jarayonida (qat’iy qonuniylik sharoitida) davlat majburlovini amalga oshirishning birdan-bir yo‘li hisoblanadi. Bu huquqni amalga oshirishning huquqni qo‘llash amal qiladigan barcha shakllariga – foydalanish, rioya etish va bajarishga taalluqlidir. Huquqiy tartibga solishni ta’minlovchi faoliyatni va shu munosabat bi- lan davlat majburlovining qo‘llanilishini belgilovchi haqiqiy holatlar qatoriga, odatda, quyidagilar kiradi: a) subyektiv huquqni amalga oshirishga monelik qi- luvchi holatlarning mavjudligi, yuridik majburiyatlarni bajarmaslik; b) yuridik javobgarlikka tortishni talab qiluvchi huquqbuzarlik sodir etilishi. Hokimiyatning qonunchilik va ijro tarmoqlariga mansub organlari yozil- gan huquq normalariga asosan ish ko‘rishlari lozim. Huquqni qo‘llash – huquq ijodkorligi yoki ma’muriy organlarning davlat-hokimiyat vakolatlariga asoslan- gan yuridik normalarni hayotga tatbiq etish borasidagi harakatlaridir. Bu yer- da huquqiy tizimlarning o‘ziga xosligiga qarab muhim xususiyatlar mavjud bo‘lsa-da (avvalo, anglo-sakson guruhiga kiruvchi umumiy presedent huquqi tizimlari to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda), biroq huquqni qo‘llovchi organ yozilgan huquqning davlat tomonidan belgilangan yoki qabul qilingan (tasdiqlangan) amaldagi yuridik normalari bilan ish ko‘radi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling