Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet380/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquqni qo‘llash 
hujjatlari
5-§.


378
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
sida tasniflash mumkin. Ular ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatish shakli; 
ularni qabul qilgan subyektlari; ahamiyati va hokazolarga asosan guruhlarga 
bo‘linadi. 
Huquqni qo‘llash hujjatlari ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etish 
shakliga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 
ijro etuvchi va huquqni muhofaza etuvchi
Ijro etuvchi hujjatlar huquq normasida mustahkamlangan ko‘rsatmalarni 
alohida shaxs yoki vaziyatga nisbatan ijro etishni tashkillashtirishga qaratil-
gan. Masalan, mutaxassisligi va malakasi talabga javob beradigan shaxsni 
ishga qabul qilish to‘g‘risidagi, o‘z vazifasini sidqidildan ijro etgan xodimni 
rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyruq va hokazo.
Huquqni muhofaza etuvchi hujjatlar amaldagi huquq normalarini turli 
xil tajovuzlar yoki buzilishlardan saqlashga xizmat qiladi. Ular, odatda, huquq 
buzilishining oldini olish yoki sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan chiqarila-
di. Bunday hujjatlarga sudlov, tergov, prokuratura, soliq, bojxona organlarining 
hujjatlari misol bo‘la oladi.
Huquqni qo‘llash hujjatlarini qabul qiluvchi subyektlarga ko‘ra, mazkur 
hujjatlar: qonunchilik hokimiyati organlari hujjatlari; ijro hokimiyati organlari 
hujjatlari; sudlov organlari hujjatlari; o‘zini o‘zi boshqarish organlari hujjatlari; 
jamoat tashkilotlari hujjatlari; korxona, muassasa va tashkilotlar ma’muriyati 
tomonidan chiqariladigan hujjatlarga bo‘linadi. Huquqni qo‘llash hujjatlarining 
ifoda etilishi shakliga ko‘ra: rasmiy talab, tavsiya xarakteridagi va ko‘rsatma 
(rezolyutsiya) hujjatlari kabi turlari mavjud.
Jamiyatning jo‘shqin rivojlanishi, unda 
qonun chiqaruvchi idora tomonidan ko‘zda 
tutilmagan ijtimoiy munosabatlarning vujud-
ga kelishi, ularga nisbatan huquqni qo‘llash 
ehtiyoji bilan huquq yaratuvchilik faoliyati o‘rtasidagi farq huquqdagi bo‘shliqni 
tashkil etadi. Huquqdagi bo‘shliq, odatda, huquqni qo‘llash jarayonida aniqla-
nadi. Huquqni qo‘llovchi organ muayyan ishni hal etish chog‘ida har doim ham 
ushbu munosabatni tartibga solib turuvchi xulq-atvor qoidasini topa olmasligi 
mumkin. Ushbu holat quyidagicha izohlanishi mumkin: 1) qonun chiqaruv-
chi idora (barcha huquq ijodkorligi faoliyati subyektlarining) ongli ravishda 
tartibga solish masalasini ochiq qoldirganligi; 2) amaldagi huquq tizimida 
bo‘shliq (huquqiy hal etilmagan jihat) mavjudligi
1


Нерсесянц В.С. Общая теория права и государства. Учебник для юридических вузов и факуль-
тетов. – М.: Издательская группа НОРМА – ИНФРА. – М, 1999. – 490-bet.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling