Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqni tatbiq etish
376
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi rish organlari va boshqa nodavlat tashkilotlar o‘z ish faoliyatlarida davlat organlaridan mustaqil holda zimmalariga yuklatilgan funksiyalarni bajarish maqsadida huquqni qo‘llashga oid turli xil vazifalarni amalga oshirmoq- dalar. O‘zbekiston Respublikasi mustakilikka erishganidan so‘ng jamoat tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga katta vakolatlar berildi. Jamoatchilik yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatish jamoat tashkilotlari va jamoaning ta’siri bo‘lib, u xalqning birdamligiga, shaxsiy o‘rnak ko‘rsatish, obro‘-e’tibor va ishontirish kuchiga asoslanadi. Huquq normalarining qo‘llanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish ham ularning samarali qo‘llanilishini ta’minlovchi muhim omillar- dan sanaladi. Huquq normalari asosan davlat organlarining maxsus qarori, faoliyati orqali tatbiq etiladi. Huquqiy norma dispozitsiyasidagi huquq va burchlar- ni belgilash, sanksiyada nazarda tutilgan yuridik javobgarlikni qo‘llash bevosita vakolatli davlat organlari, vakolatli mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Davlat huquqiy normani tatbiq etar ekan, ijtimoiy ha- yotni tartibga solish, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning tashkiliy asoslarini o‘rnatish maqsadida muayyan masalalarni hal etishni tegishli vakolatga ega bo‘lgan davlat organlari, mansabdor shaxslar qo‘lida mujas- samlashtiradi. Huquqni tatbiq etish – davlat faoliyatining shakllaridan biri hisobla- nadi. Huquqiy normani tatbiq etish chog‘ida har qanday vakolatli davlat organi, mansabdor shaxs davlatning nomidan harakat qiladi. Huquqiy normalarning to‘g‘ri tatbiq etilishi davlat tomonidan nazorat qilinadi. Bir qator huquqiy mu- nosabatlar davlat, uning organlarining bevosita ishtiroki bilan belgilanadi (ma- salan, harbiy xizmatga chaqirish, orden bilan taqdirlash, davlat apparatidagi u yoki bu mansabga tayinlash va hokazo). Davlatning huquqiy normalarni tatbiq etish faoliyati huquqiy mazmunga ega. Jamiyatda huquqiy normalarni tatbiq etish xalqning manfaatlaridan kelib chiqadi va qat’iy qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Qonunchilik huquqiy normani tatbiq etish jarayoniga bir qancha talablarni qo‘yadi, ya’ni huquqiy normani mo‘ljallangan obyektiv holatlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina tatbiq etish va unga asos qilib olinayotgan faktlar obyektiv aniqlangan bo‘lishi lozim. Qonuniylik muhiti hukmron bo‘lgan sharoitda har bir insonning agar u qonunlarni buzmasa, fuqarolik huquqlari qo‘riqlanadi va hech qanday organ, hech bir shaxs tomonidan tajovuzga duchor bo‘lmaydi. Shunday qilib, huquqiy normalarni qo‘llash subyektlari vakolatli davlat organlari, mansabdor shaxslar va jamoat (nodavlat) tashkilotlaridir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling